Yaponiya Özbekistonga 200 dona zamonaviy noutbuklarni taqdim etdi
26-04-2025, 16:05
109 марта

Yaponiya Özbekistonga 200 dona zamonaviy noutbuklarni taqdim etdi
Yaponiyaning "BHN Association" va "NTT TC Leasing" notijorat taşkilotlari Özbekistondagi oliy talim va tadqiqot muassasalari uçun 200 dona "Toşiba Dynabook" noutbuklarini beğaraz taqdim etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Yoşlar taşabbusi platformasi: akademik mukammallikni oşiriş" nomli uşbu loyiha Yaponiya Hukumati granti asosida amalga oşiriladi. Uning umumiy qiymati 485 ming AQŞ dollarini taşkil etadi. Kompyuterlar Özbekistondagi 8 ta yetakçi universitet va ilmiy-tadqiqot muassasalariga topşiriladi.
Mazkur grant loyihasi yapon tomoni bilan hamkorlikda amalga oşirilgan Özbekiston talim muassasalarini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlaşga qaratilgan uçinçi yirik dastur hisoblanadi. 2021–2022 yillarda 1420 dona "Samsung" planşetlari, 2023 yilda esa 80 dona "Apple" va "Windows" kompyuterlari Özbekistonga taqdim etilgan edi.
Mazkur uçinçi bosqiçni amalga oşirişda Özbekistonning Yaponiyadagi elçixonasi va Özbekiston–Yaponiya yoşlar innovatsiya markazi katta taşabbus körsatdi.
Loyiha nafaqat mamlakatlarimiz örtasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaşga, balki Özbekistonda raqamli talim infratuzilmasini rivojlantirişga hissa qöşadi.
Ino Xideo, Yaponiyaning "BHN Association" kompaniyasi prezidenti:
– "BHN Association" taşkiloti Yaponiyada va xorijda insonparvarlik yordami körsatiş maqsadida taşkil etilgan. Faoliyatimiz ijtimoiy rivojlanişga hissa qöşiş, favqulodda holatlarda insonparvarlik yordami körsatiş va talim sohasini qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan. Bu safar biz Özbekistonga 200 dona kompyuterlarni taqdim etyapmiz. Bu ijtimoiy taraqqiyot va talim sohasini rivojlantiriş maqsadlariga mos keladi.
Talim har qanday mamlakat taraqqiyoti uçun asosiy omil hisoblanadi. Çunki, talim oliş imkoniyati har bir insonga öz iqtidorini namoyon etişga yöl oçadi. Men Özbekiston mustaqillikka erişgan ilk kunlardanoq talim sohasiga ustuvor ahamiyat berib kelayotganini juda yuqori baholayman. Albatta, taqdim etilgan kompyuterlar soni kam bölsada mamlakat rivojiga hissa qöşadi. Biz Özbekistonga bunday jihozlarni yetkazib berişni davom ettiramiz.
Bundan taşqari, maktablarda talim jarayonini rivojlantiriş uçun dasturiy taminotni joriy etiş imkoniyatlarini ham körib çiqişga tayyormiz. Şuningdek, matematika böyiça mutaxassislar tayyorlaşga qaratilgan yangi loyihani amalga oşirişni rejalaştiryapmiz.
Konoma Kazuxisa, "BHN Association" kompaniyasi maslahatçi:
— Taşkilotimiz 1992 yilda taşkil etilgan. "BHN" abbreviaturasi "Basic Human Needs" – yani inson uçun asosiy ehtiyojlar degan manoni anglatadi. Bu ehtiyojlar nafaqat kiyim-keçak, ovqat va turar joyni, balki tibbiyot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ham qamrab oladi.
1998 yilda mutaxassislar tayyorlaşga qaratilgan maxsus dasturni işga tuşirdik. Özbekistondan ikki nafar mutaxassis Yaponiyaga kelib, NTT axborot-kommunikatsiya kompaniyasi hamkorligida taşkil etilgan stajirovkaga qatnaşdi. Ular qaytgaç, öz bilim va salohiyatlarini töliq namoyon etdilar.
Prezident Şavkat Mirziyoyev talim, ayniqsa iqtidorli matematiklarni tayyorlaşga katta etibor qaratmoqda. Biz ham Özbekiston bilan hamkorlikni davom ettirişga tayyormiz. 2016 yilda Toşkentdagi AKT forumida iştirok etdim. U yerda taşkilotimiz faoliyati haqida taqdimot ötkazdim. Toşkent va boşqa tarixiy şaharlarga taşrif buyurdim va özbek xalqining mehmondöstligi meni juda hayratlantirdi.