Kaliforniyada AQŞning bombardimonçi samolyoti quladi. Önga yaqin qurbon bor
AQŞning Boeing B-52 Stratofortress strategik bombardimonçi samolyoti 15 iyun kuni Kaliforniya ştatidagi Los-Anjeles şahri şimolida halokatga uçradi. Bu haqda AQŞning Edvards harbiy-havo bazasi rahbariyati malum qildi.
Malumotlarga köra, samolyot bortida sakkiz kişi bölgan. Dastlabki baholaşlarga köra, halokatdan omon qolişning imkoni bölmagan.
Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:20 da parvozga kötarilganidan köp ötmay qulagan. Hozirda voqea joyida favqulodda xizmatlar işlamoqda va fojia sabablarini aniqlaş böyiça tergov olib borilmoqda.
B-52 Stratofortress — AQŞning uzoq masofaga möljallangan köp maqsadli strategik bombardimonçi samolyoti hisoblanadi. Uni Boeing kompaniyasi işlab çiqqan bölib, u yadroviy va oddiy qurollar bilan uzoq masofadagi nişonlarga zarba berişga möljallangan.
Bunday samolyotni boşqariş uçun odatda beş kişidan iborat ekipaj talab etiladi. Hozirda AQŞ Qurolli kuçlari tarkibida 76 ta B-52 bombardimonçi samolyoti mavjud. Uşbu samolyotlar, jumladan, AQŞning Erondagi nişonlarga bergan zarbalarida ham qöllangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Missuri ştatida sodir bölgan aviahalokat oqibatida 11 nafar paraşyutçi va 1 uçuvçi halok bölgandi.