Rossiyada yil boşidan beri törtinçi harbiy samolyot halokatga uçradi
11-10-2025, 16:58
223 марта

Rossiyada yil boşidan beri törtinçi harbiy samolyot halokatga uçradi
Rossiyaning Lipetsk viloyatida MiG-31 qiruvçisi qöniş vaqtida qulab tuşdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.Xabarga köra, MiG-31 qiruvçi samolyoti 9 oktyabr kuni keçqurun, mahalliy vaqt bilan soat 19:20 da Lipetsk viloyatida qöniş çoğida halokatga uçragan. Malum qilinişiça, samolyot rejalaştirilgan öquv-parvozini amalga oşirayotgan, bortida qurol-aslaha bölmagan. U odam yaşamaydigan hududga qulab tuşgan. Yerga urilişdan oldin ekipaj katapultalangan. Mudofaa vazirligi uçuvçilarning hayotiga xavf yöqligini tasdiqlagan.
OAV malumotiga köra, samolyot qöniş paytida şassi oçiş tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Uçuvçi va şturman samolyotni turarjoylardan uzoqqa yönaltirgan va söng katapultalangan. Qöngandan söng ekipaj jarohat olgan va şifoxonaga yetkazilgan. Samolyot örmon hududiga qulab tuşib, yonib ketgan.
MiG-31 – ikki örindiqli, uzoq masofali, öta tezkor qiruvçi-tutuvçi bölib, u soatiga 3 ming kilometr tezlikka çiqişi va 21 ming metr balandlikka kötarilişi mumkin.
Yil boşidan beri törtinçi halokat
MiG-31 halokati 2025 yil boşidan beri Rossiya harbiy-havo kuçlarining törtinçi yöqotişi böldi.
Joriy yilning iyul oyida Nijniy Novgorod viloyatida Su-34 qiruvçi-bombardimonçi samolyoti qulab tuşgan. U şassining nosozligi sababli qönişga uringan, ammo muammoni bartaraf eta olmaganidan söng ekipaj katapultalangan.
Aprel oyida Irkutsk viloyatida Tu-22M3 raketa taşuvçi bombardimonçi halokatga uçragan. Samolyot rejalaştirilgan parvozni amalga oşirayotgan edi. Bir uçuvçi halok bölgan, törtta ekipaj azosi omon qolgan. Mudofaa vazirligi sababni texnik nosozlik deb atagan.