Zelenskiy Putinga G7 sammitida uçraşişni taklif qildi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 15–17 iyun kunlari Frantsiyada bölib ötadigan “Katta yettilik” (G7) sammiti doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşişni taklif qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Zelenskiyning aytişiça, uşbu uçraşuvda AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron ham iştirok etişi mumkin.
“Biz Putin bilan G7 doirasida uçraşişga tayyor ekanimiz haqida xabar berdik. U yerda Tramp va Makron böladi, yani Yevropa va Amerika vakillari bir joyda böladi. Bu hammamiz uçun uçraşiş va muzokara olib boriş uçun yaxşi imkoniyat”, degan Zelenskiy.
Uning takidlaşiça, Tramp va Makron bu taklif haqida xabardor qilingan. Biroq Ukraina Prezidenti Rossiya tomoni yana uruşni yakunlaş böyiça muloqotga tayyor emasligini bildirganini aytdi.
Avvalroq, Zelenskiy Putinga oçiq maktub yöllab, butun front çiziği böylab öt oçişni töxtatiş hamda neytral hududda şaxsiy uçraşuv ötkazişni taklif qilgan edi.
Putin esa maktubda “qöpollik unsurlari” borligini aytib, bunday uçraşuv Ukraina tomoni uçun Rossiya armiyasining hujumini töxtatiş maqsadida kerakligini takidlagan. Şuningdek, u Rossiya qisqa muddatli emas, uzoq muddatli va barqaror kelişuvlarga erişişni istaşini bildirgan.
G7 sammiti oldidan Putin Tramp bilan telefon orqali muloqot qilib, uni 80 yoşga tölgani bilan tabrikladi hamda Ukraina uruşi va boşqa xalqaro masalalarni muhokama qildi. Kreml malumotiga köra, Tramp mojaroni tezroq yakunlaş uçun Yevropa davlatlari va Kiyev bilan işlaşga tayyorligini bildirgan.
Eslatib ötamiz, keça, 15 iyun kuni Frantsiyaning Evian-le-Ben şahrida “Katta yettilik” — G7 davlatlari rahbarlarining sammiti boşlangan edi.