USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Men haddimdan oşib ketdim”. Lukaşenko Zelenskiydan uzr söradi

255 марта
“Мен ҳаддимдан ошиб кетдим”. Лукашенко Зеленскийдан узр сўради

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenko Belarusning Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşga tortilişiga qarşi ekanini bildirib, Kiyevga Minsk tomonidan “mutlaqo heç qanday xavf yöqligini” aytdi hamda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga nisbatan avval aytgan keskin sözlari uçun uzr söradi. Bu haqda u “Al-Arabiya” telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

Intervyuda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan bu masalani muhokama qilganini va Moskva ham Belarusning mojaroga töğridan-töğri aralaşişidan manfaatdor emasligini takidlagan.

“Ukraina va Rossiya örtasidagi uruş Belarus hududiga köçib ötişi mutlaqo mumkin emas. Belarusning bu uruşga har qanday şaklda kirişi foydadan köra köproq zarar keltiradi”, degan Lukaşenko Putinning sözlarini keltirib.

Şu bilan birga, u Belarus harbiy jihatdan zaifroq holatda ekanini va agar Ukraina Rossiyadagi kabi Belarus hududiga ham hujum qilsa, mamlakatning asosiy sanoat va logistika obektlari nişonaga aylanişi mumkinligini aytgan.

Lukaşenkoning takidlaşiça, Ukraina harbiylari Belarus hududidagi 500 ga yaqin ehtimoliy nişonni belgilab qöygan.

Biroq u yana bir bor Ukrainaga Belarus tomonidan heç qanday tahdid yöqligini takidlagan.

“Ukrainaga Belarus tomonidan mutlaqo heç narsadan qörqişiga hojat yöq. Buni ular ham, harbiylar ham, Ukraina xalqi ham biladi”, degan Lukaşenko.

Zelenskiyga nisbatan avval işlatgan keskin iboralari haqida gapirar ekan, Lukaşenko ayrim joylarda “haddan oşgan bölişi mumkinligini” tan olgan.

“Balkim men qayerdadir haddan oşgandirman. Agar Vladimir Aleksandroviç bundan ranjigan bölsa, undan uzr sörayman. Balki uruş şaroitini hisobga olib, bunday keskin gapirmasligim kerak edi”, degan u.

Şu bilan birga, Lukaşenko Zelenskiyni ehtiyotkorroq bölişga va Belarusga nisbatan keskin bayonotlar bermaslikka çaqirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina tomoni Belarus hududida harbiy faollik kuçayganini malum qilgan va Rossiya Minskni uruşga jalb qilişga urinişi mumkinligini bildirgan edi. Belarus esa faqat öziga hujum qilingan taqdirda uruşga kirişini takidlab kelmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: