Makrondan qörqqan Lukaşenko Putin bilan “erkakçasiga” gaplaşişni taklif qildi
30-05-2026, 14:12
297 марта

Makrondan qörqqan Lukaşenko Putin bilan “erkakçasiga” gaplaşişni taklif qildi
Belarus rezidenti Aleksandr Lukaşenko Frantsiya rahbari Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqoti çoğida unga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan boğlanib, uçraşuv taşkil etiş va Ukraina mojarosini tugatiş masalasini “erkakçasiga muhokama qiliş”ni taklif qilganini malum qildi. Bu haqda “BelTa” xabar berdi.
Lukaşenkoning sözlariga köra, Makron bunday uçraşuv ehtimolini rad etmagan, biroq avval Yevropadagi hamkorlari bilan maslahatlaşişi kerakligini aytgan.
Şunda Belarus rahbari Frantsiya Prezidentini taşabbusni öz qöliga olişga çaqirgan.
“Siz tajribali siyosatçisiz. Germaniya kantsleri Fridrix Merts va Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmer – yangi siyosatçilar. Italiyada esa umuman ayol hukumat rahbari”, degan Lukaşenko.
U, şuningdek, Italiya Boş vaziri Jorja Meloni ayol kişi bölgani uçun uni bu masalaga aralaştirmaslik kerakligini aytgan.
“Ayol kişiga şunday masuliyatni yuklamoqçimisiz? Siz oqsoqolsiz, harakatni boşlang. Bugun Yevropadagi asosiy siyosiy arboblardan biri sizsiz”, degan u Makronga.