Lukaşenko Putin va Trampni “imperatorlar” deb atadi
21-04-2026, 09:02
49 марта

Lukaşenko Putin va Trampni “imperatorlar” deb atadi
Belarus rezidenti Aleksandr Lukaşenko Rossiya va AQŞ Prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Trampni “imperatorlar” deb atadi va ulardan farqli ölaroq, öziga umumiy muhabbat kerak emasligini qöşimça qildi. Bu haqda u RT telekanaliga bergan intervyusida söz oçdi.“Parvardigor vaziyatni boriça qabul qilişga meni örgatdi. U menga doim hamma seni sevavermasligini uqtirgan. Men Donald Tramp yoki Vladimir Putin kabi imperator emasman. Ular özlarini sevişlari haqida mulohaza yuritişga qurbilari yetadi. Menda ulardagi imkoniyatlar yöq”, deydi Belarus yetakçisi.
U özini “Evropaning sönggi diktatori” deb ataydigan Ğarb OAVlarini öqişini qayd etgan.
“Men tajribali odamman. Öqiyman: ustimdan mağzava ağdarişadi, diktator va hokazo deyişadi. Bunga xotirjam qarayman... Menda diktatorlik qiliş uçun resurs yöq. Mana Trampda bu resurs bor va u diktatorlik qilmoqda – Venesuelada, Kubada, Eronda diktatorlik qilişga urinmoqda”, deydi u.
Lukaşenko, şuningdek, AQŞ Belarusdan “demokratiyani örganişi” kerakligini aytgan. Uning fikriça, Vaşingtonning inson huquqlari haqidagi gaplari “şunçaki valdiraş”, Amerikaning boşqa mamlakatlardagi siyosati esa demokratiyadan dalolat bermaydi. U AQŞ siyosati demokratiya va inson huquqlari emas, balki manfaatlar bilan belgilanişini qayd etgan.
Şunga qaramay, Lukaşenko AQŞ bilan “katta bitim”ga tayyor.
“Amerika Qöşma Ştatlariga borişni va şunçaki Donald Trampning qölini siqişni juda ham istab yonib turganim yöq”, deydi u.Lukaşenkoning fikriça, Donald Tramp Belarus pozitsiyasini örganib, uni Rossiyaga proyektsiya qilmoqda. Uning sözlariga köra, kelişuvga “siyosiy mahbuslar”, şuningdek, elçixonalar faoliyati va yadroviy materiallar ustidan nazoratga oid masalalar kiradi.