USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putin Trampni aldadi – OAV

663 марта

Putin Trampni aldadi – OAV

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ yetakçisi Donald Trampni aldadi va uni önğaysiz holga solib qöydi. Bu haqda AQŞning Ukraina muzokaralari böyiça sobiq maxsus vakili Kurt Volker “Euronews” telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.


Bu örinda gap Tramp va Putinning joriy yil 18 avgust kungi telefon orqali muloqotida Rossiya rahbari bergan yolğon vada haqida ketmoqda.
15 avgust kuni ikki davlat rahbari Alyaskada uçraşgan. Uç kun ötib, Tramp Oq uyda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevropa Ittifoqi yetakçilarini qabul qilgan. Öşa kuni taşkil etilgan telefon sözlaşuvida Putin Trampga Zelinskiy bilan uçraşiş va uruşni töxtatiş yuzasidan muzokara ötkazişga vada bergan.

“Ammo Putin Trampni aldadi va u bundan darğazab böldi. U Trampni juda zaif ahvolga solib qöydi. Tramp esa kuçsiz körinişni aslo istamaydi. Şunday ekan, bu Tramp uçun qadr-qimmat masalasiga aylangan”, – deydi Kurt Volker.

Tramp Putin va Zelenskiy yuzma-yuz uçraşib, uruşni töxtatiş masalasini muhokama etişi haqida işonç bilan gapirganidan keyin bir neça davlat uşbu uçraşuvga mezbonlikni taklif etdi. Ammo Kreml keyinroq Rossiya va Ukraina rahbarlari uçraşuvini bir neça bor rad etdi.
Kurt Volkerga köra, Tramp aynan Putinning aldovi sabab Ukrainaga “Tomagavk” raketalarini yuboriş imkoniyatini körib çiqmoqda.
Kiyev köpdan buyon Vaşingtondan 1600-2500 km ga qadar nişonlarga zarba beradigan “Tomagavk” raketalarini yetkazişni sörab keladi. Hozirça Ukraina Rossiya hujumlariga 250 km ga qadar parvoz qila oladigan “Storm Şadow” raketalari bilan javob qaytarmoqda.

Prezidentlik saylovi davrida Rossiya – Ukraina uruşini 24 soat içida tugatişga vada bergan Tramp Oq uyga kelganidan buyon Putin bilan bir neça bor telefonda suhbatlaşdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: