Merts Trampga futbolka sovğa qildi
Germaniya kantsleri Fridrix Merts G7 (“Katta yettilik”) sammiti davomida AQŞ Prezidenti Donald Trampga noodatiy sovğa topşirdi. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.
Uçraşuv boşlanişidan oldin Merts Trampga Germaniya terma jamoasining oq rangdagi futbolkasini sovğa qildi. Futbolkaning orqa tomoniga Trampning familiyasi va 47-raqam tuşirilgan edi. AQŞ Prezidenti esa kantslerning sovğasini boşqa siyosatçilarga körsatib, futbolkani yiğgan va stol ustiga qöygan.
Jurnalistlarning takidlaşiça, Merts uşbu futbolkani Trampning 14 iyun kuni nişonlangan 80 yilligi munosabati bilan sovğa qilgan.
Frantsiya raisligidagi G7 sammiti 15–17 iyun kunlari Jeneva köli böyidagi Evian-le-Ben şahrida bölib ötmoqda. “Katta yettilik” mamlakatlari rahbarlari uçraşuvi oldidan Şveytsariyaning Jeneva şahridagi tartibsizliklar ehtimoli sabab qimmatbaho butiklar va banklarning derazalari fanera bilan yopib qöyilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Trampning Frantsiyada bölib ötayotgan G7 sammitidagi körinişi uning salomatligi borasidagi muhokamalarni köpaytirgandi.
Ilgari qattiq va uzoq davom etadigan qöl siqişlari bilan tanilgan Tramp bu safar Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan ança sokin salomlaşgan.