Yevropa yetakçilari Trampga sim qoqdi
11-12-2025, 10:17
109 марта

Yevropa yetakçilari Trampga sim qoqdi
Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kantsleri Fridrix Merts va Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmer keça, 10 dekabr kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan 40 daqiqalik telefon suhbatini ötkazdi. Bu haqda Britaniya hukumatining rasmiy saytida malum qilindi.Suhbatning maqsadi – Ukrinadagi vaziyat va tinçlikka erişiş böyiça oldinga qadam taşlaşdan iborat edi.
Rasmiy malumotga köra, tomonlar hozir Ukrinaning özi, uning aholisi va butun Yevro-Atlantika hududi xavfsizligi uçun juda muhim, keskin pallada turganini takidlagan. Merts, Makron va Starmer AQŞning Ukrainada barqaror tinçlikka erişiş va zöravonlikni töxtatiş uçun körsatayotgan say-harakatlarini yuqori baholagan.
Qayd etiş joiz, bugun, 11 dekabr kuni Buyuk Britaniya va Frantsiya raisligida Ukraina xavfsizligi böyiça videokonferentsiya ötkazilişi rejalaştirilgan. Bu yiğilişda Rossiya tajovuzi ostida qolayotgan Ukrainani qöllab-quvvatlaş böyiça masalalar, jumladan, AQŞning ehtimoliy hissasi ham muhokama qilinadi.