Ukraina G7 sammiti arafasida Moskvaga dronlar hujumi uyuştirdi
Keça, 15 iyun keçasi va 16 iyun tongida Moskva hamda Moskva viloyati yana Ukraina Qurolli kuçlarining uçuvçisiz uçiş apparatlari bilan ommaviy hujumiga uçradi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Rasmiy malumotlarga köra, hujumlar havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan qaytarilgan. Biroq dronlardan biri Moskva neftni qayta işlaş zavodi hududiga yetib borib, obektga şikast yetkazgan. Jabrlanganlar yöq, hodisa joyida favqulodda xizmatlar iş olib bormoqda.
Moskva şahar meri Sergey Sobyanin 16 iyun kuni ertalab özining kanalida “Mudofaa vazirligi PVO tizimi tomonidan 25 ta uçuvçisiz qurilma yöq qilindi”, deb malum qildi.
Hujum bir neça tölqinda amalga oşirilgan. Ilk dronlar soat 05:40 atrofida urib tuşirilgani haqida xabar berilgan. Keyingi soatlarda yana yangi nişonlar yöq qilingani aytilgan va umumiy hisobda urib tuşirilgan dronlar soni 60 taga yetgan. Moskvadagi Domodedovo va Jukovskiy aeroportlari esa vaqtinça reyslarni qabul qiliş va jönatişni töxtatgan.
Rasmiylar Moskvada qurbonlar va jiddiy vayrongarçiliklar yöqligini bildirgan bölsa, ayrim ommaviy axborot vositalari hamda Telegram kanallarida turli malumotlar tarqalgan.
Monitoring kanallari sanoat obekti ustida olov ustuni va quyuq tutun köringan video hamda suratlarni tarqatgan. Biroq bu tasvirlarning haqiqiyligi tasdiqlanmagan.
Mazkur holatda eng asosiy rasmiy manba Moskva merining bayonoti bölib, unda keng kölamli yonğin haqida emas, balki obektga “şikast yetkazilgani” haqida söz yuritilgan.
Eslatib ötamiz, uşbu hujumlar Frantsiyada ötayotgan G7 sammiti arafasida amalga oşirildi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy şu arafada 15–17 iyun kunlari Frantsiyada bölib ötadigan G7 sammiti doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşişni taklif qilgan edi.