USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp G7 sammitida Isroilni keskin tanqid qildi

67 марта
Трамп G7 саммитида Исроилни кескин танқид қилди

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Isroilning Livandagi harbiy amaliyotlarini tanqid qilib, “Hizbulloh” jangçilarini yöq qiliş uçun turarjoy binolarini bombardimon qiliş ortiqça ekanini bildirdi. Tramp bu haqda Frantsiyada ötayotgan G7 sammiti doirasida sözlagan nutqida malum qildi.

“Juda köp odamlar halok böldi. Bir odamni qidirayotganingiz uçun har safar köp qavatli uyni vayron qiliş şart emas. Çunki u yerda köplab odamlar yaşaydi va ularning hammasi ham “Hizbulloh” azosi emas”, deydi Tramp.

Sönggi kunlarda Tramp Bayrutga qilingan Isroil zarbalaridan norozi ekanini bir neça bor bildirgan. Uning fikriça, mazkur hujumlar AQŞ va Eron örtasida erişilgan tinçlik kelişuviga xavf tuğdirişi mumkin bölgan.

Xabarlarga köra, Tramp va Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu örtasidagi munosabatlarda ham sönggi vaqtlarda taranglik kuçaygan. Isroil rasmiylari Trampning Eron bilan tuzgan kelişuvidan norozi bölsa, AQŞ Prezidenti esa Bayrutga qilingan zarbalar sabab Eronning qarşi hujumlari boşlanganidan va bu uning tinçlik muzokaralarini yakunlaş rejasiga xalaqit berganidan norozilik bildirmoqda.

Tramp Netanyaxu bilan munosabatlari yaxşi ekanini aytgan bölsa-da, Isroil rahbarini Livan masalasida “köproq masuliyatli bölişga” çaqirgan.

“Bizsiz, Amerika Qöşma Ştatlarisiz Isroil bölmas edi. Mensiz ham Isroil bölmas edi, çunki boşqa heç bir prezident men qilgan işlarni qilişga tayyor emasdi”, deydi u.

Tramp va Netanyaxu örtasidagi kelişmovçiliklar asosan Isroilning Livanda “Hizbulloh”ga qarşi amaliyotlarni çeklaşdan boş tortayotgani bilan boğliq. Livanda öt oçişni töxtatiş Eronning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

Trampning bayonotidan köp ötmay, Oq uyning rasmiy sahifasi mazkur fikrlar aks etgan videoni elon qilgan. Biroq Oq uy bu parça nima uçun alohida tarqatilganiga izoh bermagan. Şu bilan birga, Oq uy Tramp va Netanyaxu örtasida mustahkam munosabatlar saqlanib qolayotganini takidlab, Isroil Mudofaa kuçlarini AQŞning “ajoyib hamkori” deb atagan.

“Prezident Trampdan köra Isroilning yaqinroq dösti va tinçlik uçun köproq kuraşgan rahbar bölmagan. AQŞ va Isroilning qatiy harakatlari tufayli Amerika fuqarolari va ittifoqçilari xavfsizroq böldi, çunki Eron rejimi yadroviy qurol yaratiş imkoniyatidan mahrum etildi”, deydi Oq uy vakili.

Ayni paytda Trampning tanqidiy bayonotlari Isroilni harbiy taktikasini özgartirişga majbur qiladigan aniq siyosiy qarorlarga aylanişi haqida heç qanday malumot yöq. Isroil Ğazodagi harbiy amaliyotlari uçun xalqaro hamjamiyat tomonidan ham qattiq tanqid qilib kelinmoqda. Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi malumotlariga köra, uruş boşlanganidan buyon 73 ming kişi halok bölgan bölib, ularning aksariyati tinç aholi hisoblanadi.

Isroil esa tinç aholini ataylab nişonga olmasligini takidlab, HAMAS va “Hizbulloh” kabi qurolli guruhlar aholidan tirik qalqon sifatida foydalanişini bildirib keladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan uçraşuv taşkil etişga şoşilinç urinişlar qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: