USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Salimboyvaçça”dan yordam söragan sobiq deputat Taşiyev ustidan dod deb çiqdi

297 марта
“Салимбойвачча”дан ёрдам сўраган собиқ депутат Ташиев устидан дод деб чиқди
Салим Абдувалиев нега ва қачон қамалганди?

Salim Abduvaliyev nega va qaçon qamalgandi?

“Салимбой” Қирғизистонни назорат қилганми?

“Salimboy” Qirğizistonni nazorat qilganmi?

Qirğiziston Jogorku Keneşining sobiq deputati Emil Jamğirçiyev Milliy Xavfsizlik Davlat qömitasining sobiq rahbari Qamçibek Taşiyev şaniga navbatdagi keskin bayonot bilan çiqdi. U ança vaqtdan beri ötmişdagi mojarolarga qaytişni istamaganini, biroq yaqinda bölib ötgan sud majlisidan söng omma oldida sözlaşga qaror qilganini bildirdi.

“Qirğizlarda “yiqilganni tepkilama” degan naql bor. Şu sababli, özimga qarşi qilingan noqonuniy harakatlar va soxta ayblovlar mavzusini qayta kötarişni xohlamadim. Öz hayotim bilan yaşab, heç narsaga aralaşmadim”, deb gap boşlagan Jamğirçiyev.

Uning sözlariga köra, deputatlik faoliyati davomida u Prezident va parlament komissiyasi azolariga Taşiyevning harakatlari yuzasidan şikoyat qilgan, biroq sobiq deputat öz murojaatlarining adolatli körib çiqilişiga erişa olmaganini aytmoqda. 

Uning yangi bayonot berişiga “75 lar xati” deb ataluvçi jinoiy iş böyiça ötkazilgan oçiq sud majlisi sabab bölgan. Jamğirçiyevning aytişiça, deputat Elvira Surabaldiyevaning söroq qilinişi çoğida Milliy Xavfsizlik Davlat Qömitasi sobiq rahbarining özini tutişi uni ğazablantirgan.

“Taşiyevning hamon tahdid va bosim tilida gapirayotganini körib, jim tura olmadim”, deydi u.

Jamğirçiyev öz murojaatida, şuningdek, maxsus xizmatning sobiq rahbarini yolğon malumot tarqatişda va siyosiy bosim ötkazişda ayblagan. 

“Bugun sizga hokimiyatga tayanib, hammani yenggandek tuyulayotgan bölişi mumkin. Ammo qonun va Xudo oldida har kim öz qilmişi uçun javob beradi. Haqiqatni vaqtinça yaşiriş mumkin, lekin uni yengib bölmaydi”, deydi sobiq parlamentariy.

Şuningdek, u öz sözlarini tasdiqlovçi dalillar keyinroq elon qilinişiga işonişini qayd etgan. 

Gap nima haqida ketmoqda? 

15 iyun kuni Bişkekning Birinçi may tuman sudida hokimiyatni zöravonlik yöli bilan bosib olişga tayyorgarlik köriş işi böyiça bölib ötgan sud majlisida Jogorku Keneş deputati Elvira Surabaldiyeva guvoh sifatida söroq qilindi.

“75 lar xati” voqealari böyiça guvohlik berayotgan deputat Surabaldiyeva va ayblanuvçi Qamçibek Taşiyev örtasida tortişuv yuz berdi.  

Taşiyev sudda guvohlik berayotgan Surabaldiyevaga otasi Jirgalbek Surabaldiyevning 2005 yilda öldirilganini eslatdi. Xavfsizlik kuçlarining sobiq rahbari ölaroq fojia yuz berganda unga birinçi bölib yordam berganini aytdi. Bunga javoban deputat bu sözlarni manipulyatsiya va öziga nisbatan psixologik bosim deb atadi.

“Otamning bunga nima aloqasi bor, u yerda siz emas, birinçi bölib singlim bölgan. Qotillikni eslatib, menga bosim ötkazyapsiz. Menga tahdid qilyapsizmi? Öz vaqtida meni neça marta qamamoqçi bölişdi?" deya ğazablandi Surabaldiyeva.

Öz navbatida, Taşiyev uni heç qaçon qamoqmoqçi bölmaginini bildirdi. Surabaldiyeva esa şunday javob berdi:

“Kimdir bizda hammaning oğziga urib, odamlarga tahdid qilişga örganib qolgan. Menimça, sudya ham bu yerda kimdandir qörqyapti va şuning uçun unga tanbeh bermayapti, faqat mening gaplarimga etibor beryapti”, deya norozilik bildirdi deputat.

Natijada sudya Mederov generalga tanbeh bergan. 

Taşiyev ustidan dod degan Jamğirçiyev kim? 

Özbekistonliklar Emil Jamğirçiyevni "Salimboyvaçça" nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyevga boğliq voqealar va uning Qirğizistonda qidiruvga berilişi orqali yaxşi taniydi. 2025 yilda Qirğizistonlik deputat Emil Jamğirçiyev qirğiz-özbek çegarasini noqonuniy kesib ötişda ayblandi. 

Malumotlarga köra, Jamğirçiyev özbekistonlik “Salimboyvaçça” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyevdan yordam söragan, u bilan yaşirin uçraşuv ötkaziş uçun 2022 yil dekabr oyida çegarani noqonuniy kesib ötib, Toşkentga kelgan.

Milliy xavfsizlik davlat qömitasi tomonidan Jinoyat kodeksining 378-moddasi (Davlat çegarasini noqonuniy kesib ötiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan va Jamğirçiyev qidiruvga berilgan. Özbekiston sudi ham uni hibsga oliş uçun qaror çiqargan.

Öşa paytdagi Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari Qamçibek Taşiyevning aytişiça, suriştiruvlarga köra, Jamğirçiyevning Özbekistonda nima işlar qilgani töliq aniqlangan.

“Jamğirçiyevni heç kim maxsus taqib qilmagan. Agar u çegarani qonuniy ravişda kesib ötgan bölsa, unga kim nima derdi? Çegarani bemalol kesib ötib, xohlagan odam bilan uçraşib, qaytib ketardi. Lekin bu yerda qonun buzilişi bor va biz bunga munosabat bildirişimiz kerak. Bu şunçaki protsedura”, degandi Milliy xavfsizlik davlat qömitasi sobiq rahbari.

Qirğiziston deputatlari ham Emil Jamğirçiyevni jinoiy javobgarlikka tortişni maqulladi. Deputatlar yiğilişida 81 nafar deputat ovoz berişda qatnaşdi. Deputat Emil Jamğirçiyevni jinoiy javobgarlikka tortiş uçun 69 deputat ovoz berdi. 

Deputatning Abduvaliyev bilan körişişga uringani ortidan yana “Salimboyvaçça” Qirğizistonni nazorat qilganmi, degan gap-sözlar yangradi. 10 yanvar uni Qirğiziston Jogorku Keneşining yiğilişida Qamçibek Taşiyev deputat Emil Jamğirçiyevning Salim Abduvaliyevga bergan maktubini öqib eşittirdi.

“Uşbu xat 10 sahifadan iborat. Uni u öz qöli bilan yozgan. Jamğirçiyev Abduvaliyevdan yordam söragan. Xatda u hokimiyatga tuhmat qilib, ularga nisbatan çora körişni söragan. Bu qanday ahmoqlik?” degan u.

Uning “Salimboy”ga yozgan xatida aytilişiça, Qamçibek Taşiyev undan 180 ming dollar undirgan. Taşiyevga köra esa 2 nafar yigit Jamğirçiyevning otasi bilan uçraşib, Qamçibek Taşiyevga pul kerakligini aytişgan. Ular Emil Jamğirçiyevning otasidan 180 ming dollar olib ketişgan. Keyinçalik ular uşlanib, otasiga 180 ming dollar qaytarib berilgan.

Ammo deputatning söragan yordami faqatgina pul masalasida bölmagan. U “Salimboyvaçça”dan Qirğizistonda tartib örnatişni iltimos qilgan.

“Hurmatli Salimboy aka, siz butun Markaziy Osiyoni nazorat qilasiz, sizga hamma itoat qiladi. Bizning Prezidentlarimiz Akayev, Bakiyev, Otunbayeva, Atambayev, Jeyenbekov, Japarovlar prezidentlikdan oldin doim sizdan ruxsat söraşgan. Men ham bularning barçasini bilib turib, sizdan yordam sörayman”, deydi deputat öz xatida.

Bunga javoban esa Taşiyev heç bir prezident Abduvaliyevning duosini olmaganini aytdi.

“Bu qanday şarmandalik? Bu butun mamlakat uçun şarmandalik. Heç bir prezident jinoyatçining duosini olmagan. U menga nisbatan çora körişni söragan. Xat borligini Jamğirçiyevning özi ham tan olgan. Tasavvur qiling, deputatlar orasida şunday odamlar bor”, deydi Taşiyev.

Ammo unga javoban Abduvaliyev, etibor bering, Qirğizistonning işiga aralaşa olmasligini aytgan. Bundan xabar topgan qirğizistonlik tergovçilar va tezkor xodimlar özbekistonlik hamkasblari bilan birga Salim Abduvaliyevni söroqqa tutgan. Taşiyevning aytişiça, Abduvaliyev Jamğirçiyev kelganini, undan Qirğizistonda tartib örnatişni söraganini bildirgan. Ammo Abduvaliyev Qirğiziston işiga aralaşa olmasligini aytgan.

“Bundan taşqari, u Jamğirçiyev “Salimboyvaçça”ning yordamçisiga xiyonat qilganini aytadi. Yordamçi ham guvohlik bergan. Jamğirçiyev bir neça kun uning mehmonxonasida yaşab, pul tölamay qoçib ketgan”, degan Taşiyev.

Malumotlarga köra, deputat 2025 yil 9 yanvar kuni parlamentda matbuot anjumani ötkazişi kerak bölgan, biroq unda qatnaşmagan. Keyinroq parlamentga huquq-tartibot idoralari vakillari kelgan. Deputat şundan söng ğoyib bölgan. U binoning ikkinçi qavatidan sakrab qoçgan va qaytib kelmagan. Yanvar oyida Qirğiziston Jogorku Keneşi deputati Emil Jamğirçiyev qamoqqa olindi. Emil Jamğirçiyevni qamoqqa oliş haqidagi qaror Pervomayskiy tuman sudi tomonidan qabul qilingan. 

2025 yil 2 fevral kuni esa Qirğiziston Markaziy saylov komissiyasi Jogorku Keneş deputati Emil Jamğirçiyevning vakolatlarini muddatidan oldin tugatiş töğrisida qaror qabul qildi.

2025 yilning avgust oyiga kelib esa öşanda qamoqda saqlanayotgan Salim Abduvaliyevga Qirğiziston qidiruv elon qildi va şuningdek, Qirğizistonda  Abduvaliyevga aloqador şaxslarni “tozalaş” boşlandi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: