USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Texasda samolyot halokatga uçradi. Qurbon bor

78 марта
Техасда самолёт ҳалокатга учради. Қурбон бор

Keça, 16 iyun kuni AQŞning Texas ştatida 6 kişini olib ketayotgan kiçik biznes samolyoti avtomagistralga qulab, yonib ketdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Rasmiylarga köra, samolyot Meksikaning Los-Kabos xalqaro aeroportidan uçgan va Laredo xalqaro aeroporti yaqiniga qöniş paytida halokatga uçragan. Samolyot qulaganidan söng yonboşlab qolgan va kuçli yonğin çiqqan. Guvohlar voqea joyida katta tartibsizlik yuz berganini, haydovçilar maşinalarini taşlab, içkaridagi odamlarni qutqarişga yugurganini aytgan. Ayrimlar bolğa va boşqa buyumlar bilan kabina oynasini sindirib, yölovçilarni çiqarişga harakat qilgan.

Malumotlarga köra, samolyotdan uç nafar ösmir va uçuvçi çiqişga muvaffaq bölgan. Yana bir huşsiz yölovçini qutqarişga urinişlar bölgan. Öt öçiruvçilar ham yetib borib, samolyot içida qolganlarni qutqariş işlarini amalga oşirgan.

Malum qilinişiça, hodisa oqibatida kamida 1 kişi halok bölgan, bir neçta odam jarohat olgan. Halok bölgan şaxs samolyot içida yoki yerda bölganmi, hozirça aniq emas. Bazi politsiyaçilar va qutqaruvçilar tutundan zaharlaniş sababli şifoxonaga olib ketilgan.

Rasmiylar samolyotda texnik nosozlik bölgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda, biroq aniq sabab hali aniqlanmagan. Hodisa yuzasidan tergov işlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Dominikan Respublikasida Gulfstream G200 rusumli xususiy samolyot qulab, yonib ketgan edi. Hodisa oqibatida ikki kişi – uçuvçi va ikkinçi uçuvçi halok bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: