AQŞda qiruvçi samolyot halokatga uçradi
AQŞning Vaşington ştatida harbiy qiruvçi samolyot qulab tuşdi. Halokatdan oldin uning uçuvçisi katapulta qilişga ulgurdi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 13 iyun kuni kunduzi Vaşington ştatidagi Rimrok köli yaqinida sodir bölgan. Harbiylarning malumotlariga köra, F/A-18 Hornet qiruvçi samolyoti rejali maşğulot parvozini amalga oşirayotgan vaqtda halokatga uçragan.
Uçuvçi xavfsiz tarzda katapulta qilişga muvaffaq bölgan. Samolyot qulaganidan keyin mahalliy xizmatlar xodimlari uni topgan. Harbiy xizmatçi yengil jarohatlar bilan şifoxonaga yetkazilgan.
Halokatdan söng samolyot bölaklari quruq öt-ölanlarning yonib ketişiga sabab bölgan. Voqea joyiga yonğin xavfsizligi bölinmalari va AQŞ Örmon xizmati xodimlari yetib borgan. Qutqaruvçilar yaqin atrofda joylaşgan binolarni himoya qiliş çoralarini körgan va yonğin oqibatlarini bartaraf etiş işlarini davom ettirgan.
AQŞ Dengiz piyodalari korpusining malum qilişiça, hodisaga aviatsion nosozlik sabab bölgan bölişi mumkin, biroq aniq holatlarga oydinlik kiritilişi kerak. Tergov harakatlari boşlangan, u bir neça oy davom etişi mumkin.
Halokat sodir bölgan hudud Sietldan taxminan 200 kilometr janubi-şarqda, Okanogan-Uenatçi milliy örmoni hududida joylaşgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Dominikan Respublikasida Gulfstream G200 rusumli xususiy samolyot qulab, yonib ketgandi. Hodisa oqibatida ikki kişi – uçuvçi va ikkinçi uçuvçi halok bölgan.