Qrimda Su-30 qiruvçi samolyoti halokatga uçradi
3-04-2026, 20:36
49 марта

Qrimda Su-30 qiruvçi samolyoti halokatga uçradi
Bugun, 3 aprel kuni Qrimda maşğulot parvozi vaqtida Su-30 qiruvçi samolyoti halokatga uçradi. Ekipaj katapulta qilişga ulgurdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Vazirlik malumotlariga köra, öquv maşğulotlari jangovar öq-dorilarsiz ötkazilgan. Uçuvçilar yerdagi qidiruv-qutqaruv guruhi tomonidan evakuatsiya qilingan. Mudofaa vazirligi ularning hayotiga heç qanday xavf yöqligini malum qilgan. Favqulodda holat sabablari oçiqlanmagan.
Malumot uçun, Su-30 – ikki örinli köp maqsadli qiruvçi samolyot. 1980-yillarda loyihani işlab çiqişda Su-27UB bazaviy maşina bölgan. Yangilangan modelning ilk parvozi 1989 yil oxirida amalga oşirilgan. Rossiya Qurolli kuçlari ixtiyorida Su-30 ning turli modifikatsiyadagi 130 ta qiruvçi samolyoti mavjud. “Kommersant” naşrining yozişiça, u havodagi nişonlarni yöq qiliş, duşman aerodromlarini blokirovka qiliş hamda yerdagi va dengizdagi nişonlarga zarba beriş uçun möljallangan.