USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kelişuv yoqmasa, yana bombardimon qilamiz – Tramp Eron haqida

74 марта
Келишув ёқмаса, яна бомбардимон қиламиз – Трамп Эрон ҳақида

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan erişilgan öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv hali yakuniy emasligini bildirdi. Bu haqda u bugun, 17 iyun knui Frantsiyada bölib ötayotgan “Katta yettilik” (G7) sammitida malum qildi.

Trampning aytişiça, agar Tehron kelişuv şartlariga amal qilmasa yoki Vaşington talablarini qoniqtirmasa, AQŞ harbiy harakatlarni qayta boşlaşi mumkin.

“Bu özaro anglaşuv memorandumi, xolos. Agar u menga yoqmasa, yana ularga qarşi öq uzişga, boşlariga bomba taşlaşga qaytamiz”, degan AQŞ rahbari.

Şu bilan birga, G7 davlatlari rahbarlari Eron bilan erişilgan oraliq kelişuvni olqişlab, Livanda zudlik bilan öt oçişni töxtatişga çaqirgan. Şuningdek, ular Eron bilan boğliq mojaro tufayli Hormuz böğoziga qaramlikni kamaytiriş maqsadida energiya taminoti yönalişlarini diversifikatsiya qiliş niyatida ekanini malum qilgan.

Malumot örnida, sammit Frantsiyaning Evian-le-Ben şahrida ötmoqda. AQŞ va Eron örtasidagi memorandum esa 19 iyun kuni Şveytsariyada imzolanişi kutilmoqda. Vaşington va Tehron örtasidagi kelişuv uruşni tugatiş böyiça yakuniy tinçlik muzokaralariga start berişi takidlangan. Joriy yil boşidan buyon davom etgan mojaro oqibatida 7 mingdan ortiq kişi halok bölgan bölib, qurbonlarning asosiy qismi Eron va Livan hissasiga töğri keladi.

Sammit yakuni böyiça qabul qilingan bayonotda G7 davlatlari Eronning yadroviy dasturi va mintaqadagi faoliyati bilan boğliq xavotirlar saqlanib qolayotganini qayd etgan.

“Muzokaralar Eron tomonidan kelib çiqayotgan tahdidlarni bartaraf etişi va mamlakat heç qaçon yadroviy qurolga ega bölmasligini taminlaşi zarur”, deyiladi kelişuv hujjatida.

Qayd etilişiça, sammit Tramp uçun Eron bilan tuzilgan kelişuvni Britaniya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya rahbarlariga taqdim etiş imkonini bergan. Uşbu davlatlar Vaşingtonning Eron yadroviy dasturiga oid xavotirlarini bölişsa-da, avvalroq AQŞning uruş boşlaş qarorini qöllab-quvvatlamagan edi. Ayrim davlatlar Eronning bosimlarga qaramay qarşilik körsatgani va Hormuz böğozi ustidan tasirini saqlab qolgani Tehronning muzokaralardagi pozitsiyasini kuçaytirganini takidlagan.

G7 davlatlari kelişuv ijrosiga kömaklaşişga tayyor ekanini bildirgan. Malumotlarga köra, Britaniya va Frantsiya boşçiligidagi koalitsiya Hormuz böğozi qayta oçilganidan keyin xalqaro dengiz qatnovi xavfsizligini taminlaşda iştirok etişi mumkin.

Kelişuvning asosiy şartlari hali oçiqlanmagan

Vaşington va Tehron örtasidagi memorandum hozirça ommaga taqdim etilmagan. Malumotlarga köra, hujjat aprel oyida elon qilingan öt oçişni töxtatiş rejimini yana 60 kunga uzaytirişni nazarda tutadi. Bu muddat davomida tomonlar doimiy tinçlik kelişuvi böyiça muzokara olib boradi.

Kuzatuvçilar fikriça, Tramp uruş boşlanişida qöyilgan asosiy maqsadlarning aksariyatiga erişa olmagan. Erondagi siyosiy tizim saqlanib qolgan, yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralari topşirilmagan, ballistik raketa dasturi tugatilmagan va mamlakatning mintaqadagi ittifoqçilariga kömagi ham davom etmoqda.

Tramp esa kelişuv Eronning yadroviy qurol yaratmasligiga kafolat berişini aytgan. AQŞ rasmiylari keyingi muzokaralarda Eronning boyitilgan uran zaxiralarini yöq qiliş yoki mamlakatdan olib çiqiş masalasi muhokama qilinişini bildirgan.

Şu orada, Hormuz böğozi qayta oçilişi mumkinligi haqidagi xabarlar ortidan neft narxlari yana pasaygan. Brent markali neft fyuçerslari bir barrel uçun 80 dollardan pastga tuşib, AQŞ–Eron mojarosi boşlanganidan beri eng past körsatkiçlardan birini qayd etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp G7 sammitida Isroilni keskin tanqid qilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: