AQŞ Eron bilan dastlabki kelişuv imzoladi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan uruşni töxtatişga qaratilgan dastlabki kelişuv allaqaçon imzolanganini malum qildi. Uning aytişiça, hujjat tafsilotlari yaqin kunlarda elon qilinadi. Bu haqda u keça, 15 iyun kuni G7 sammiti doirasida Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uçraşuv çoğida söz oçdi.
“Bu kelişuv imzolanganini mamnuniyat bilan malum qilaman. Bitim töliq imzolandi”, degan Tramp.
AQŞ rasmiylarining bildirişiça, Eron bilan rasmiy kelişuv Jenevada imzolanişi rejalaştirilgan. Şundan söng Hurmuz böğozi qayta oçiladi va Eron yadro dasturi böyiça texnik muzokaralar boşlanadi.
AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vensning aytişiça, memorandum taxminan bir yarim sahifadan iborat bölib, umumiy tamoyillarni öz içiga oladi. Kelişuvning köplab bandlari keyingi muzokaralar davomida aniqlaştiriladi.
Hujjatga köra, Eron mintaqada tinçlik va barqarorlikni taminlaşga, şuningdek, yadro qurolini yaratmaslik böyiça tekşirilişi mumkin bölgan majburiyatni oladi. Sanktsiyalarni yumşatiş va muzlatilgan Eron aktivlarini qaytariş esa Tehronning kelişuv şartlarini bajarişiga boğliq böladi.
AQŞ rasmiylarining malum qilişiça, dastlabki hujjat elektron şaklda Donald Tramp, Jey Di Vens va Eron parlamenti spikeri Muhammad Bağir Ğolibof tomonidan imzolangan.
Kelişuv asosida öt oçişni töxtatiş rejimi yana 60 kunga uzaytiriladi. Şu vaqt içida tomonlar yakuniy tinçlik şartnomasi böyiça batafsil muzokaralarni davom ettiradi.
Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif avvalroq mamlakati vositaçiligida erişilgan kelişuv barça frontlarda, jumladan Livanda ham harbiy harakatlarni darhol töxtatişni nazarda tutişini bildirgan.
Şu bilan birga, Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyahu Isroil qöşinlari Livan, Suriya va Ğazodagi “xavfsizlik hududlari”da zarur bölgan muddat davomida qolişini va mamlakat özini himoya qiliş huquqini saqlab qolişini takidlagan.
Eron rasmiylari esa harbiy harakatlar töxtatilganini tasdiqlagan bölsa-da, AQŞga nisbatan çuqur işonçsizlik saqlanib qolayotganini va kelişuv faqat keskinlikni kamaytiriş yölidagi ilk qadam ekanini bildirgan.