USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Uruş tugadi: AQŞ va Eron kelişib oldi

185 марта
Уруш тугади: АҚШ ва Эрон келишиб олди

AQŞ va Eron örtasida tinçlik kelişuviga erişildi. Bu haqda Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif malum qildi.

Uning sözlariga köra, tomonlar barça yönalişlarda, jumladan Livanda ham harbiy harakatlarni zudlik bilan va yakuniy töxtatişga kelişib olgan.

Şahboz Şarifning aytişiça, kelişuvni rasmiy imzolaş marosimi 19 iyun kuni Şveytsariyaning Jeneva şahrida bölib ötadi. Muzokaralarda vositaçilik qilgan Pokiston AQŞ va Eronga, şuningdek, jarayonda iştirok etgan Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiyaga minnatdorlik bildirgan.

AQŞ Prezidenti Donald Tramp ham Truth Social ijtimoiy tarmoğida Eron bilan kelişuv yakunlanganini elon qilgan.

“Barçani tabriklayman! Men Hurmuz böğozini boj va çeklovlarsiz oçişga hamda AQŞ harbiy-dengiz kuçlari tomonidan örnatilgan dengiz blokadasini darhol bekor qilişga ruxsat berdim. Dunyo kemalari, dvigatellaringizni işga tuşiring. Neft oqimi davom etsin”, deya yozgan Tramp.

Keyinçalik u jurnalistlarga Hurmuz böğozi Eron bilan kelişuv rasmiy imzolanganidan keyin oçilişini malum qilgan.

Eron Taşqi işlar vaziri örinbosari Kozim Ğaribobodiy ham davlat televideniyesiga bergan intervyusida AQŞ bilan kelişuv matni yakunlanganini va u 19 iyun kuni Şveytsariyada imzolanişini tasdiqlagan.

Uning takidlaşiça, kelişuvdan söng 60 kun davomida yakuniy tinçlik şartnomasini işlab çiqiş böyiça muzokaralar olib boriladi. Şu davrda Eron memorandum şartlari bajarilişini qatiy nazorat qilib boradi.

AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens Jenevadagi imzolaş marosimida qatnaşişni rejalaştirayotganini, biroq u yerga Prezidentning özi ham borişi mumkinligini aytgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali muloqot çoğida uning Bayrutga bergan zarbasidan keskin norozilik bildirganini malum qilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: