“Bombardimon bölmadi”. AQŞ va Eron 2 haftalik sulhga erişdi
8-04-2026, 08:19
194 марта

“Bombardimon bölmadi”. AQŞ va Eron 2 haftalik sulhga erişdi
AQŞ va Eron Pokiston iltimosiga binoan 2 haftalik sulhga erişdi. Bu haqda AQŞ Prezidenti Donald Tramp özining Truth Social tarmoğida yozib qoldirdi.“Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif va Asim Munir bilan ötkazilgan suhbatlar asosida, ular bugun keçasi Eronga yuborilayotgan halokatli kuçni vaqtinça töxtatib turişimni söradi. Şuningdek, Eron Hormuz böğozini töliq, darhol va xavfsiz oçişga rozi bölişi şarti bilan, men Eronga qarşi bombardimon va hujumlarni ikki hafta muddatga töxtatişga roziman.
Bu ikki tomonlama öt oçişni töxtatiş böladi!
Buning sababi şundaki, biz allaqaçon barça harbiy maqsadlarimizga erişdik va hatto ulardan ham oşib ketdik. Bundan taşqari, Eron bilan uzoq muddatli tinçlik böyiça aniq kelişuvga erişiş yölida juda katta oldinga siljidik.
Biz Erondan 10 banddan iborat taklif oldik va uni muzokaralar olib boriş uçun maqbul asos deb hisoblaymiz. Ötgan bahsli masalalarning deyarli barçasi AQŞ va Eron örtasida kelişib olingan. Ammo ikki haftalik muddat yakuniy kelişuvni töliq rasmiylaştiriş va amalga oşiriş imkonini beradi.
AQŞ Prezidenti sifatida, şuningdek Yaqin Şarq mamlakatlari nomidan ham aytişim mumkinki, bu uzoq yillik muammo hal etiliş arafasida turgani katta şarafli”, degan Oq uy rahbari.
Şuningdek, Pokiston Boş vaziri Eron va AQŞ rozi bölgan öt oçişni töxtatiş “Livanda va hamma joyda” amal qilişi kerakligini aytgan.
OAVda ham Eron va Livanga yöllanayotgan zarbalar töxtagani haqida xabarlar tarqalgan.
Qayd etiş joiz, Tramp Eronni şu kungaça zarbalar bilan qörqitib, Hormuz böğozini oçişga çaqirgandi. Eron esa bu dağdağalarga etibor bermat kelayotgan va AQŞning sulhlariga işonmayotgandi.