AQŞ va Eron tinçlik bitimi matnini kelişib oldi – Şahboz Şarif
AQŞ va Eron örtasidagi tinçlik şartnomasi matni tomonlar örtasida kelişib olindi. Şuningdek, uşbu mamlakatlar memorandum imzolaşga yaqin. Bu haqda bugun, 12 iyun kuni Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.
“Biz (AQŞ va Eron örtasida — tahr.) tinçlik böyiça yakuniy kelişilgan bitim matni tayyor bölganini tasdiqlaşimiz mumkin. Hozirda Pokiston keyingi qadamlarni yakunlaş uçun har ikki tomon bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”, deydi Şarif.
Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi ham X ijtimoiy tarmoğida Tehron va Vaşington memorandum tuzişga yaqin ekanini malum qilgan.
“Islomobod bilan özaro anglaşuv memorandumi heç qaçon bu qadar yaqin bölmagan edi. Memorandum yakuniy tasdiqlangunga qadar OAV turli taxminlardan tiyilib turişi maqsadga muvofiq. Barça tafsilotlar belgilangan muddatda jamoatçilikka elon qilinadi, deb yozdi Aroqçi.
Eron Taşqi işlar vazirining uşbu xabaridan olingan skrinşotni AQŞ Prezidenti Donald Tramp ham özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida joylaştirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Eron va AQŞ örtasidagi 14 banddan iborat anglaşuv memorandumi loyihasining yangi tafsilotlari elon qilingan edi.