Eron va AQŞ muzokaralarining ikkinçi raundi boşlanadi
25-04-2026, 19:40
95 марта

Eron va AQŞ muzokaralarining ikkinçi raundi boşlanadi
AQŞning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner joriy yilning 27 aprel kuni Pokistonning Islomobod şahrida Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi bilan uçraşişi mumkin. Bu haqda xabardor manbalarga tayanib, “Axios” jurnalisti Barak Ravid özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.Uning sözlariga köra, dastlab Uitkoff va Kuşner pokistonlik vositaçilar bilan alohida ikki tomonlama muzokaralar ötkazadi.
Malumot uçun, Aroqçi keça, 24 aprel kuni Eron va AQŞ örtasida vositaçilik qilayotgan Pokistonga yetib borgan. Şundan söng diplomat Yaqin Şarqdagi mojaroni tugatişga qaratilgan say-harakatlarni muhokama qiliş uçun Ummon va Rossiyaga taşrif buyuradi.
Biroq kuni keça Eron Taşqi işlar vazirligi vakili Ismoil Bağoiy 27 apreldagi ehtimoliy uçraşuv haqida tarqalgan xabarlarga qaramay, Eron Qöşma Ştatlar bilan muzokaralarning yangi raundini ötkazişni rejalaştirmayotganini bildirdi. Uning takidlaşiça, Aroqçi Islomobodga rasmiy taşrif bilan borgan va Pokiston rahbariyati bilan muzokaralar ötkazadi.