AQŞ va Eron 24 soat içida tinçlik şartnomasini imzolaşi mumkin – Şahboz Şarif
AQŞ va Eron örtasidagi tinçlik şartnomasining yakuniy kelişuvi yaqin 24 soat içida amalga oşişi kutilmoqda. Bu haqda bugun, 13 iyun kuni Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.
“Biz tinçlik bitimiga har qaçongidan ham yaqinroqmiz. Yakuniy kelişuv yaqin 24 soat içida amalga oşişi kutilmoqda va Pokiston şundan söng darhol tinçlik şartnomasini elektron şaklda imzolaşga tayyorgarlik körmoqda”, deb yozdi u.
Pokiston Boş vazirining sözlariga köra, imzolaş jarayonidan keyin texnik darajadagi muzokaralar bölib ötadi. U “bu tarixiy tinçlik bitimi mustahkam tinçlik uçun barqaror poydevor yaratişini” qöşimça qilgan.
Eslatib ötamiz, 11 iyun kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Vaşington va Tehron uruşni tugatiş böyiça kelişib olganini va tomonlarga faqat şartnomani imzolaş qolganini bayon qilgan edi. Şuningdek, u şartnomani imzolaş uşbu dam oliş kunlaridayoq sodir bölişi mumkinligini qayd etgandi.
Ertasi kuni “Mehr” manbalarga tayanib, AQŞ bilan özaro anglaşuv memorandumi loyihasining 14 ta bandini oşkor qildi. Röyxatdan uruşni tugatiş, sanktsiyalarni bekor qiliş, Hormuz böğozini oçiş va boşqalar joy olgan. Şu bilan birga, Taşqi işlar vazirligi vakili memorandum matni ustida hali qöşimça işlar olib borilişini qayd etgan.
Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçining sözlariga köra, Eron va AQŞ örtasidagi özaro anglaşuv memorandumiga muvofiq, tomonlar bir-birlarining suverenitetini hurmat qiliş va içki işlarlariga aralaşmaslik majburiyatini oladi.