Eron 14 bandli tinçlik kelişuvi loyihasini elon qildi
12-06-2026, 18:07
50 марта
Eron va AQŞ örtasidagi 14 banddan iborat anglaşuv memorandumi loyihasining yangi tafsilotlari elon qilindi. Bu haqda Eron muzokara jamoasiga yaqin manbaga tayanib, “Mehr” xabar berdi.
Loyihaga köra, hujjatda quyidagi asosiy bandlar körsatilgan:
- Barça frontlarda, jumladan, Livanda ham uruşni darhol va doimiy töxtatiş.
- AQŞ Eronning içki işlariga aralaşmasligi va uning suverenitetini hurmat qiliş majburiyati.
- Dengiz blokadasini 30 kun içida bekor qiliş.
- Eron atrofidan AQŞ qöşinlarining çiqarilişi.
- 30 kun içida Hormuz böğozini Eron şartlari asosida qayta oçiş.
- Neft va neft-kimyo mahsulotlariga qöyilgan sanktsiyalarni töxtatiş hamda Eronning moliyaviy aktivlaridan töliq foydalaniş imkonini beriş.
- AQŞ va uning ittifoqçilari tomonidan Eronni qayta tiklaş uçun kamida 300 milliard dollarlik reja taqdim etilişi.
- Yadro masalasi va sanktsiyalarni töliq bekor qiliş böyiça 60 kunlik yakuniy muzokaralar.
- Eronning yadro qurolini tarqatmaslik şartnomasiga sodiqligini tasdiqlaşi.
- Muzokaralar davomida AQŞ qöşinlari sonini oşirmaslik va yangi sanktsiyalar kiritmaslik.
- Muzlatilgan 24 milliard dollarlik Eron mablağlarining bir qismini bosqiçma-bosqiç, yarmini esa muzokaralar boşlanişidan oldin ozod qiliş.
- Kelişuv ijrosini nazorat qiliş mexanizmi yaratiş.
- Yakuniy kelişuvni BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlaş.
- Yakuniy muzokaralar faqat ayrim masalalar (yadro dasturi, sanktsiyalar va iqtisodiy tiklaniş) böyiça olib boriladi, raketa dasturi va mintaqaviy qurolli guruhlar masalalari kun tartibidan çiqariladi.
Malum qilinişiça, uşbu loyiha hali rasmiy idoralar tomonidan körib çiqilmoqda va yakuniy tasdiqdan ötmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron hududiga rejalaştirilgan harbiy zarbalar amalga oşirilmasligini malum qilgandi.