USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

YeI Kreml bilan maxfiy muloqot boşladi

113 марта
ЕИ Кремль билан махфий мулоқот бошлади

Yevropa Ittifoqi Rossiya–Ukraina uruşi böyiça ehtimoliy muzokaralarga zamin yaratiş maqsadida Kreml bilan norasmiy aloqalar örnatgan. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

Malum qilinişiça, Yevropa Kengaşi raisi Antoniu Koşta nomidan uning maslahatçisi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin yuqori lavozimli amaldor bilan ikki marta telefon orqali muloqot qilgan. Suhbatlar kelajakdagi aniqroq muzokaralar uçun şaroit yaratiş maqsadida ötkazilgan.

Biroq uşbu muloqotlar qaçon bölib ötgani va ularda aynan kimlar iştirok etganiga oid malumotlar oçiqlanmagan. Antoniu Koştaning matbuot xizmati ham, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham bu xabarga izoh berişdan tiyilgan.

May oyi boşida Koşta Yevropa Ittifoqi rahbariyati Rossiya bilan ehtimoliy muzokaralarga tayyorgarlik körayotganini malum qilgan edi. Uning aytişiça, bu borada YeIga azo davlatlar yetakçilari bilan maslahatlaşuvlar ötkazilmoqda.

“Bloomberg” malumotiga köra, Germaniya, Frantsiya va Buyuk Britaniya ham Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan kelişilgan holda Vladimir Putinni tinçlik muzokaralariga jalb qiliş strategiyasini muhokama qilgan.

Yevropalik rasmiylarning fikriça, Rossiya armiyasining frontdagi ilgarilaşi sekinlaşgani, Ukraina hujumlarining kuçaygani va iqtisodiy bosimning ortişi Moskvani muzokaralar stoliga ötirişga majbur qilişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: