“Xatolik”. Tramp Minobda bolalar bombalanişi böyiça javobgarlikdan qoçdi
Joriy yilning 28 fevralida boşlangan Isroil va AQŞning Eronga qarşi hujumlarida Minob şahridagi qizlar boşlanğiç maktabi ham nişonga olingan edi. Keça, 17 iyun kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp G7 sammiti doirasida maktab öquvçilarining halok bölişida öz mamlakatining javobgarligi töğrisidagi savolga javob berişdan qoçdi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.
Tramp matbuot anjumani çoğida uşbu fakt böyiça hali ham tergov harakatlari olib borilayotganini va hozirça Erondagi maktabga berilgan zarba uçun kimnidir javobgarlikka tortişni rejalaştirmayotganini malum qilgan.
“Yöq. Agar bu xatolik bölsa… va özingiz bilganingizdek, tergov olib borilmoqda… Bugun berilayotgan bunday ğalati savol, axir gap ança oldingi voqealar haqida ketmoqda. Lekin buni heç kim ataylab qilmagan”, deydi Tramp.
Şu bilan birga, u sodir bölgan voqea AQŞ harbiylarining xatosi bölişi mumkinligini inkor etmagan.
“Yöq, xatolar bölib turadi. Uruş – iflos iş, lekin men tergov ketayotganini bilaman va sizga hisobotni ertagayoq taqdim etişim mumkin edi. Yoki men bu savolni Pentagon rahbari Pit Xegsetga bergan bölardim, çunki ular tergov olib borişmoqda”, deydi Tramp.
Eslatib ötamiz, 28 fevral kuni Eronning Minob okrugiga uyuştirilgan hujumlar çoğida qizlar boşlanğiç maktabi zarar körgani va oqibatda 175 nafar öquvçi qiz halok bölgani malum bölgan edi. Şundan söng öquvçilar va pedagoglarning dafn marosimlari bölib ötdi. Turli malumot manbalaridan foydalangan holda 6 yoşdan 13 yoşgaça bölgan barça 120 nafar öquvçi va 26 nafar öqituvçining şaxsi aniqlandi.
Keyinçalik Eron TIV rasmiy vakili bayonot bilan çiqib, AQŞ va Isroilni harbiy jinoyatlarda aybladi. Pentagon rahbari Pit Xegset Erondagi harbiy operatsiyaga bağişlangan matbuot anjumanida qizlar maktabiga berilgan zarbalar böyiça tergov boşlanganini malum qildi.
Bu orada Donald Tramp qizlar maktabiga berilgan zarba uçun javobgarlikni Eronning öziga yukladi. “The New York Times” naşri esa davom etayotgan tergovga tayanib, Erondagi maktabga qilingan hujum uçun AQŞ javobgar ekanini xabar qildi.