USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ayol erini sehr-jodu bilan öldirmoqçi böldi

322 марта
Аёл эрини сеҳр-жоду билан ўлдирмоқчи бўлди

Turkiyaning Istanbul şahrida Oila sudi ayol eriga nisbatan sehr-jodu qilgani uçun juftlikni ajratişga qaror qildi. Bu haqda “Oda TV” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Istanbulda yaşovçi Z.T. ismli erkak va N.T. ismli ayol 2004 yilda turmuş qurgan. Juftlikning uşbu nikohdan ikki nafar farzandi dunyoga kelgan. Davoga köra, Z.T. ismli erkak bir kuni ertalab uyğonganida xotini N.T.ning qölida qayçi bilan soçini kesayotganini körib qolgan. Z.T. xotinidan nega bunday qilayotganini söraganida, “Kasal bölib ölişing uçun senga sehr-jodu qilyapman”, degan javobni olgan. 

Qattiq şokka tuşgan Z.T. öşa kunining özida uyning hamma joyini qidirib çiqqan. Uyning turli burçaklaridan 5-6 ta muhrlangan tumor topib olgan Z.T. ularni yaşirib qöygan. Şundan söng u xotini N.T.ni yaqindan kuzata boşlagan. Davoga köra, u xotinining telefonida boşqa bir erkak bilan yozişmalarini körib qolgan. Xotinini kuzatişda davom etgan Z.T. uning bir erkak bilan yaqin munosabatda uçraşib yurganini bilib olgan.

Xiyonatga uçraganini bilgan Z.T. qölidagi tumorlarni va xotinining xuştori bilan yozişmalarini dalil sifatida taqdim etib, ajraşiş uçun sudga davo arizasi kiritgan. Istanbul Oila sudiga taqdim etilgan arizada şunday deyilgan: 

“Xotinim menga xiyonat qildi. U tinmay menga sehr-jodu qilib keladi. Xotinim butun kunini köçada xuştori bilan ötkazadi. Muntazam ravişda spirtli içimliklar istemol qiladi, uy va bolalar parvarişi bilan şuğullanmaydi. Menga ölim sehrini qilgan va xiyonat qilgan xotinim N.T. bilan ajraşişni xohlayman. Menga manaviy zarar yetkazgani uçun N.T. dan 700 ming lira tovon puli undirilişini sörayman”.

Qarşi davo arizasi bilan çiqqan N.T. ismli ayol esa sehr-jodu haqidagi ayblovlarni rad etgan. Davo arizasida eriga heç qaçon sehr qilmaganini, uydan topilgan tumorlar esa şunçaki baraka duosi ekanini iddao qilgan 

“Haddan taşqari ziqna bölgan erim uy ehtiyojlari yoki şaxsiy xarajatlarim uçun mendan tinmay çeklarni va hisob-kitoblarni talab qiladi. Bunday hayot men uçun çidab bölmas darajaga keldi. Oilamiz poydevori darz ketişida aslida erim boş aybdordir”, deya eridan 200 ming lira tovon puli talab qilgan N.T.

Sud Z.T. tomonidan taqdim etilgan tumorlarning haqiqatan ham sehr-jodu ekanligini aniqlaş uçun ularni ekspertga yuborgan. Arab tili tarjimoni bölgan ekspert tumorlardagi yozuvlarni öqiy olmagaç, masjid imomidan yordam söragan. Tumorlarni öqigan masjid imomi buning haqiqatan ham sehr-jodu ekanini va agar uşbu yozuvlar qölda qaytadan köçirib yozilsa, sehr yana kuçga kirişi mumkinligini aytgan. Ekspert ham sudga taqdim etgan öz xulosasida masjid imomining sözlarini keltirib, tumorlar sehr-jodu ekanini, uşbu sehr matnini qoğozga tuşira olmasligini, aks holda jodu qaytadan kuçga kirişi mumkinligini bayon qilgan.

Sud öz qarorini elon qilib, har ikki tomonni ham teng darajada aybdor deb topgan va juftlikni rasman ajratgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tojikistonning Duşanbe şahrida 38 yoşli mahalliy turğun folbinlik va sehr-jodu bilan şuğullangani uçun jarimaga tortilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: