Qaynonasini öldirib, jasadini çamadonga joylagan kuyov qölga olindi
3-04-2026, 09:41
918 марта

Qaynonasini öldirib, jasadini çamadonga joylagan kuyov qölga olindi
Janubiy Koreyaning Degu şahrida dahşatli jinoyat sodir böldi – kuyov qaynonasini öldirib, xotini bilan birga jasadni çamadonga solib daryoga taşladi. Bu haqda REN TV xabar berdi.Malumotlarga köra, 50 yoşli ayol qizi va kuyovi bilan yaşaş uçun ularning uyiga köçib kelgan. 20 yoşli kuyov esa qaynonasini yoqtirmay, bir neça oy davomida uni muntazam ravişda kaltaklab kelgan.
Oxir-oqibat, ayolning şovqinli va tartibsiz xulqini bahona qilib, kuyov uni ikki soatdan ortiq urib, tepib qiynagan va ayol köplab jarohatlar olib, vafot etgan.
Şundan söng, erkak jasadni çamadonga joylab, köça böylab sudrab borgan va daryoga uloqtirgan. Bu jarayonda uning xotini ham yonida bölgan.
Jasad topilgaç, politsiya tergov boşlagan va er-xotin qölga olingan. Erkak jinoyatini tan olgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 24 yanvar kuni Istanbulning Şişli tumani Kuyuluboğ köçasidagi çiqindi qutisidan 37 yaşar özbekistonlik Durdona Hakimovaning bölaklangan jasadi topilgandi.
Kamera yozuvlari va guvohlarning körsatmalariga köra, hodisa joyidagi axlat konteyneriga qoramtir kiyimdagi, soqolli ikki erkak oç rangli çamadon bilan kelgani, keyin yana çamadon bilan piyoda köçadan çiqib ketgani, gumonlanuvçilar çamadonni hodisa joyiga yaqin bölgan Bozkurt köçasi tomon taşlab ketgani aniqlangan.
Istanbul politsiyasi Istanbul aeroportida Gruziyaga qoçmoqçi bölgan paytda ikki nafar qotillikda gumonlanuvçini qölga olgan. Ularning ikkalasi ham Özbekiston fuqarolari ekani malum bölgan.