Rossiyada ayol özbekistonlik migrantni öldirib, daraxt ostiga kömib qöydi
28-11-2025, 16:38
739 марта

Rossiyada ayol özbekistonlik migrantni öldirib, daraxt ostiga kömib qöydi
Rossiyada ayol Özbekiston fuqarosini böğib, jasadini daraxt ostiga kömib qöygani malum böldi. Bu haqda Vladimir viloyati Tergov qömitasi xabar berdi.Malum qilinişiça, 54 yoşli qurbon uzoq vaqt davomida Pokrovskiy TBI zavodida işlagan. Noyabr oyida uning qarindoşi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, erkakning bedarak yöqolganini aytgan. 16 noyabr kuni Özbekiston fuqarosi Petuşinskiy tumanidagi Staroye Perepeçino qişloğida yaşovçi 48 yoşli ayol tanişining uyiga mehmonga borgan.
Dastlabki malumotlarga köra, uçraşuv kuni spirtli içimlik istemolidan söng erkak va ayol örtasida janjal kelib çiqqan. Erkak polga yiqilgan va ayol uni arqon bilan böğib öldirib, söng jasadni tomorqasidagi olma daraxti ostiga kömgan.
Takidlanişiça, mojaro ayol qarz söragani, erkak esa unga pul bermagani sababli yuzaga kelgan. Jabrlanuvçining qarindoşlari ijtimoiy tarmoqlarda ayolning allaqaçon katta miqdorda qarzi borligini, Özbekiston fuqarosi esa pullarini qaytarib oliş maqsadida Perepeçinoga borganini yozgan. Qotillikdan söng ayol jabrlanuvçining telefoni va bank kartasini öğirlagani aytilmoqda.
Vladimir viloyati Tergov qömitasiga köra, gumonlanuvçining uyini közdan keçiriş çoğida aşyoviy dalillar olingan. Ayol muqaddam Rossiya Jinoyat kodeksining “giyohvand moddalar” böyiça sudlangan. Tergov unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllaşni sörab sudga iltimosnoma kiritmoqçi.
“Hozirda Tergov qömitasi tergovçisi tomonidan zarur sud ekspertizalari tayinlanmoqda, sodir bölgan voqeaning barça holatlarini aniqlaşga qaratilgan keçiktirib bölmaydigan tergov harakatlari davom etmoqda”, deyiladi Tergov qömitasi xabarida.