17 yoşli qizning qotiliga hukmni özgartiriş uçun pora olgan sudyalarga iş oçildi
23-11-2025, 10:35
1 929 марта

17 yoşli qizning qotiliga hukmni özgartiriş uçun pora olgan sudyalarga iş oçildi
Qirğizistonning Issiqköl viloyati Yetti-Öğuz tumani, Barskaun qişloğida yaşovçi 17 yoşli Oysuluv ismli qiz zörlab, keyin öldirib ketilgandi. Qizning qotiliga hukmni özgartiriş uçun sobiq sudyalar pora oldi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.Naşrga köra, Bişkek şahar sudining uç sobiq sudyasi ustidan ötkazilgan tergov jarayonida ular sudlanuvçi Qumarbek Abdirovning advokati orqali uning qamoq jazosini kamaytiriş uçun 10 ming dollar pora olgani aniqlangan.
Sudyalar kengaşi Boş prokuror Maqsad Asanaliyev kiritgan iltimosnomani qanoatlantirib, sobiq sudyalar Saniya Brançayeva, Janil Mambetali va Kaysin Abakirovlarni jinoiy javobgarlikka tortişga rozilik berdi. Ularga nisbatan Qirğiziston Jinoyat kodeksining bir neçta moddalari bilan ayblov qöyilgan.
Oysuluvning qotili sifatida gumon qilinayotgan 41 yoşli Qumarbek Abdirov voqea haqida batafsil gapirib bergandi.
U qotillik sodir bölgan kun soat 13:00 atrofida qizni Darxon qişloği yaqinidagi olma boğiga olib borib zörlagan. Şundan söng Abdirov boğlangan qizni Jeniş qişloğidagi otasining uyiga olib kelib, yana zörlagan. Soat 15:30 da Tön tumanidagi Qoji-Say qişloği yaqinida Abdirov Oysuluvni böğib öldirib, telefonini Issiqkölga taşlab yuborgan.
Qizning jasadini maşinasiga joylaştirgandan söng, Boom darasiga yöl olgan. Soat 18:00 dan 19:00 gaça yetib kelgan Abdirov jasadini Kemin tumanidagi Çöloq qişloği yaqinida qoldirib, Bişkek tomon yöl olgan.
Oysuluvning qarindoşlari öşa kuni keçqurun soat oltilarda uning yöqolganini xabar qilgan.