Gonkongda eng yuqori darajadagi xavf elon qilindi
Bugun, 18 iyun kuni Gonkong rasadxonasi mahalliy vaqt bilan soat 12:55 da eng yuqori – “qora” rangli yomğir ogohlantirişini elon qildi. Bu esa maktablarning yopilişiga va bazi korxonalar faoliyatining töxtaşiga sabab böldi. Rasadxona aholidan boşpanalarda qolişni va kuçli suv toşqinlaridan ehtiyot bölişni söradi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Rasadxona özining rasmiy saytida bir soat içida 70 millimetrdan oşadigan kuçli yoğingarçilik davom etişi mumkinligini malum qilgan. Bu joriy yil hisobidan “qora” xavf belgisining ikkinçi bor elon qilinişidir. Birinçisi bundan bir hafta oldin – joriy yilning 8 iyun kuni sodir bölgan. Uşbu moliyaviy markaz Janubiy Xitoyning katta qismi kabi faol kuçli janubi-ğarbiy musson şamollari va past bosimli havo oqimining uzoq vaqt saqlanib qolişi sababli bir neça kundan beri tinimsiz yoğingarçilik ostida qolmoqda.
Rasadxonaning bildirişiça, kuçli şamol şiddati Gonkongga tasir qilişda davom etişi mumkin, şaharning janubi-ğarbiy Tay O tumanida şamol tezligi soatiga qariyb 80 kmni taşkil etgani qayd etilgan.
Bu tabiat hodisasi ertaga, 19 iyun kuni boşlanadigan va aholiga köpçilik sayohat qilişni rejalaştirgan uç kunlik tatilni taqdim etadigan Ajdarho qayiqlari festivali (Dragon Boat Festival) arafasida yuz bermoqda.
Çegaraning narigi tomonida – Xitoyning Şençjen şahri rasmiylari ham “qizil” rangli yomğir ogohlantirişini elon qilgan va aholini pastlikdagi, suv bosgan va özlari “boşqa xavfli hududlar” deb atagan joylardan uzoqroq turişga çaqirgan. Ularning aytişiça, toğlarda sel kelişi, köçkilar va boşqa tabiiy ofatlar xavfi ortgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyda kuçli yomğirlar va suv toşqinlari sababli 22 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.