Akayev Qirğizistonga qaytib Japarovning siyosati haqida gapirdi
Bugun, 19 iyun kuni Qirğizistonning birinçi prezidenti Asqar Akayev uzoq vaqtdan beri ilk bor mamlakatga qaytdi va Sadir Japarovga qöşimça prezidentlik muddati berişni taklif qildi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Naşr malumotlariga köra, Qirğizistonning birinçi prezidenti Asqar Akayev respublikaga yetib kelgan va Issiqköl yubiley xalqaro forumida iştirok etmoqda. Şu bilan birga, avvalroq elon qilingan rasmiy iştirokçilar röyxatida uning ismi yöq. Forum Qirğizistonda 18 iyundan 21 iyungaça bölib ötmoqda.
“Asqar Akayev uçun bu 2005 yilgi voqealardan keyin Qirğizistonga birinçi taşrif emas. U 2005 yil 24 martda, mart inqilobi paytida mamlakatni tark etgan va öşa yilning 3 aprelida rasman istefoga çiqqan.
2024 yilda Akayev “Qumtor” işi böyiça körsatma beriş uçun Qirğizistonga kelgan edi. Öşanda sobiq prezident xalqqa murojaat bilan çiqib, oltin koni loyihasini amalga oşirişda yöl qöyilgan xatolar uçun xalqdan uzr söragan edi”, deyiladi xabarda.
“Kaktus.media” axborotiga köra, Asqar Akayev çiqişi davomida Sadir Japarovga yana bir prezidentlik muddati berişni taklif qilgan. Uning sözlariga köra, mamlakat iqtisodiyoti ösmoqda va “iqtisodiy möjiza” rejasini amalga oşiriş uçun kamida 8-10 yil talab etiladi.
“Ordomedia” naşri Akayevning nutqidan olingan kadrlarni elon qilgan. U xalq Sadir Japarovni qiyin davrda saylaganini, ammo bugungi kunda iqtisodiyot yuksalayotganini, ijobiy tendentsiyalar ijtimoiy sohada ham közga taşlanayotganini aytgan.
“Agar Qirğiziston xalqi amaldagi prezidentga qirğiz iqtisodiy möjizasi rejasini amalga oşiriş uçun qöşimça mandat topşirsa, har doimgidek donişmandlik bilan iş tutgan böladi deb hisoblayman. Buning uçun kamida 8-10 yil kerak bölişini özingiz yaxşi bilasiz”, deydi u.
Jurnalistlarning mamlakatga butunlay köçib kelişi mumkinligi haqidagi savoliga javob berar ekan, u agar qatiy taklif bölsa, bunday variantni körib çiqişga tayyorligini malum qilgan.
“Agar qatiyat bilan taklif qilişsa, albatta. Çingiz Aytmatov takidlaganidek, vatanda öliş kerak”, deydi biriniçi prezident.
Malumot uçun, Asqar Akayev Qirğizistonning birinçi prezidenti. U mamlakatni 1990 yildan 2005 yilgaça boşqargan. 2005 yil 24 martdagi “Lola inqilobi” oqibatida hokimiyatdan ağdarilgan va mamlakatni tark etgan. Şundan buyon u Rossiyada yaşaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Asqar Akayev 2005 yil Qirğizistonda yuz bergan “Lola inqilobi”ni AQŞ uyuştirganini davo qilib, davlat töntarişining juda arzonga tuşganini aytgan edi.