USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Gazprom” Özbekistonga gaz yetkazib berişni 2025 yilda 15 foizga oşirdi

113 марта

“Gazprom” Özbekistonga gaz yetkazib berişni 2025 yilda 15 foizga oşirdi

Manba: Caspian Post
Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi 2025 yil yakunlariga köra Özbekistonga gaz yetkazib beriş hajmini 15 foizga oşirdi. Bu haqda holdingning yillik hisobotiga tayanib “TASS” xabar berdi.

Kompaniya hisobotiga köra, Özbekistonga gaz yetkazib beriş hajmi 6,5 milliard kub metrni taşkil etgan. 2024 yil yakunida bu körsatkiç 5,64 milliard kub metrga teng edi. 2025 yilda esa raqamlar 6,48 milliard kub metrgaça yetdi.

“Ötgan yil (2024)ga nisbatan Özbekistonga Qozoğiston orqali, ‘Markaziy Osiyo—Markaz’ gaz quvuri orqali revers rejimida gaz yetkazib beriş köpaydi. 2025 yilning törtinçi çoragida Özbekistonga gaz yetkazib beriş maksimal texnik quvvat darajasida böldi”, deyiladi hujjatda.
“Gazprom” bundan oldin 2025 yilda Rossiya gazini Qozoğiston, Özbekiston va Qirğizistonga yetkazib berişni jami 22,2 foizga oşirişini malum qilgan edi. Şuningdek, Gruziyaga eksport hajmi 40,4 foizga köpayişi aytilgandi.

2024 yilning iyun oyida “Gazprom” Qirğizistonga gaz yetkazib beriş böyiça şartnomalar imzolagan. Şu bilan birga, Qozoğiston bilan Rossiya gazini Özbekiston va Qirğizistonga tranzit qiliş böyiça kelişuvga erişilgan. Bu kelişuvda 2025–2040 yillar nazarda tutilgan.

Özbekiston 2023 yilning iyun oyida “Gazprom” bilan gaz sotib oliş böyiça şartnoma imzolagan edi. Öşa yilning oktyabr oyidan yetkazib beriş işlari boşlangan. 2025 yil 16 oktyabrda Rossiya hukumati bayonot berib, Özbekistonga yiliga 7,7 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib beriş böyiça şartnoma davom ettirilayotganini malum qildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: