Isroil va “Hizbulloh” öt oçişni töxtatişga kelişib oldi – OAV
Bugun, 19 iyun kuni Isroil va Hizbulloh örtasida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişildi. Bu haqda AQŞning yuqori martabali amaldorlaridan biriga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Manbaning aytişiça, sulh rejimi bugun, 19 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da kuçga kiradi.
“Hizbulloh va Isroil öt oçişni töxtatişga kelişib oldi”, degan amerikalik rasmiy.
Uning aytişiça, kelişuv AQŞ va Qatar vositaçilari tomonidan, Eron kömagida olib borilgan muzokaralar natijasida işlab çiqilgan. Rasmiyning sözlariga köra, bugungi qurolli töqnaşuvlardan keyin tomonlar hozirda sulh rejimiga amal qilişga rozilik bildirgan. Hozirça Isroil va “Hizbulloh” tomonidan kelişuv yuzasidan rasmiy bayonot berilmagan.
Malumot uçun, Isroil va “Hizbulloh” örtasidagi qurolli qarama-qarşilik 2023 yil oktyabr oyida Ğazodagi uruş boşlanganidan keyin keskinlaşgan edi. Tomonlar örtasida ilgari ham bir neça marta öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvlar elon qilingan, ammo ularning ayrimlari uzoq muddat saqlanmagan. Agar, mazkur kelişuv rasman kuçga kirsa, u sönggi oylardagi eng muhim deeskalatsiya qadamlaridan biri böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil Mudofaa kuçlari Janubiy Livandan olib çiqilmasligini malum qilgandi.