Lukaşenkoga 30 litr sut beradigan sigir sovğa qilindi
Belarus rezidenti Aleksandr Lukaşenkoga Uzda tumanidagi “BelInterGen-agro” MÇJning “Yaçenka” sut-tovar kompleksiga taşrifi davomida Musya laqabli jersey zotli sigir sovğa qilindi. Bu haqda BELTA xabar berdi.
Qayd etilişiça, korxona faoliyatining asosiy yönalişlaridan biri naslçilik çorvaçiligini rivojlantirişdan iborat. “BelInterGen” asosan golştin zotini yetiştiriş bilan şuğullanadi, biroq yaqinda jersey zotini ham köpaytirişni boşlaşgan. Uşbu zotning vakilasi Lukaşenkoga sovğa qilingan.

Jersey zoti sut yönalişidagi mayda sigir zotlariga kiradi. Uning öziga xosligi şundaki, suti tarkibida köp miqdorda yoğ va oqsil mavjud, şuningdek, u A2 oqsilining yuqori miqdori bilan ajralib turadi. Şu bilan birga, vazni kiçik bölgani tufayli bu zotdagi sigirlarga sezilarli darajada kamroq yem-xaşak talab etiladi. Kunlik sut soğimi 30 litrgaça yetadi.
Korxonada jersey zotini köpaytirişni bitta sigirdan boşlaşgan – uning laqabi ham Musya bölib, u 11 yil yaşagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Aleksandr Lukaşenko KXDRga taşrifi doirasida mamlakat yetakçisi Kim Çen Inga öz davlatida işlab çiqarilgan avtomatni sovğa qilgandi.