Eron Tramp tahdidlaridan söng AQŞ bilan muzokaralarni töxtatdi
Eron delegatsiyasi AQŞ Prezidenti Donald Trampning tahdidli bayonotlaridan söng Şveytsariyada ötayotgan muzokaralar joyini tark etdi. Bu haqda Eronning “Tasnim” agentligi xabar berdi.
Agentlik manbasiga köra, Trampning bayonotlari Şveytsariyadagi muzokaralarni töxtatib qöygan va ularning keyingi taqdiri borasida noaniqlik yuzaga keltirgan.
Biroq “Axios” jurnalisti Barak Ravid malumotiga köra, tomonlar örtasidagi muzokaralar hanuz davom etmoqda. TASS manbasi esa Eron delegatsiyasi muzokaralar zalini tark etganini, ammo uçraşuv rasman yakunlanmaganini bildirgan.
Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Ğolibof AQŞni bayonotlarida ehtiyotkor bölişga çaqirgan. Uning takidlaşiça, Eron armiyasi har qanday tahdidga boşqaça javob qaytarişga tayyor.
“Ular tahdidlarining samarali bölganida, bugungi darajadagi umidsizlikka tuşib qolmasligini tuşunmayaptimi? Biz amerikaliklarning tahdidlarini jiddiy qabul qilmaymiz”, dedi Ğolibof.
“Tasnim” agentligining qayd etişiça, Trampning bayonotlari AQŞ va Eron örtasidagi özaro anglaşuv memorandumi birinçi bandiga zid. Uşbu bandda tomonlar bir-biriga nisbatan tahdidlardan tiyiliş majburiyatini olgan.
Eron delegatsiyasi azosi Husayn Ğurbonzoda davlat televideniyesiga bergan intervyusida muzokaralarda Eronning muzlatilgan aktivlari hamda neftga oid sanktsiyalarni yumşatiş masalalari muhokama qilinganini malum qilgan.
“Şveytsariyada neft va uning hosilalariga nisbatan sanktsiyalar böyiça vaqtinçalik yengillik beriş masalasini muhokama qildik va bu boradagi yakuniy taklif loyihasi tayyorlandi”, degan u.
Malumot uçun, muzokaralar 21 iyun kuni Şveytsariyada bölib ötdi. Birinçi raund yakunlangaç, delegatsiyalar maslahatlaşuvlar uçun tanaffus olgan.
Tramp avvalroq eronlik muzokaraçilar bilan boğlanib, Hurmuz böğozi oçiq qolişi kerakligini talab qilgan. Şuningdek, u Eron “Hizbulloh” harakatini moliyalaştirişni töxtatmasa, AQŞ tomonidan “ötgan haftadagidan ham kuçliroq zarba” berilişini aytgan.
AQŞ Prezidenti, şuningdek, Eron Prezidenti Masud Pezeşkiyonning uranni boyitiş huquqi haqidagi bayonotlariga ham munosabat bildirib, uni “sözlariga ehtiyot bölişga” çaqirgan.