Starmer istefoga çiqişini elon qildi
Bugun, 22 iyun kuni Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmer istefoga çiqişini elon qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilişiça, endilikda mamlakat hukumatini Katta Mançesterning sobiq meri Endi Byornem boşqarişi mumkin. U ötgan haftada Angliyaning şimoli-ğarbidagi Meykerfild okrugidan parlament deputati etib saylaniş uçun ötkazilgan navbatdan taşqari saylovlarda işonçli ğalabaga erişgan edi.
Leyboristlar partiyasidagi köpçilik Byornem uşbu siyosiy kuçga Nayjel Farajning tobora ommalaşib borayotgan öng-populistik “Reform UK” partiyasi tahdidini yengib ötişda yordam berişiga umid qilmoqda. Ijtiomiy sörovnomalar natijalariga köra, “Reform UK” ayni paytda mamlakatdagi eng maşhur siyosiy kuç bölib qolmoqda.
Şunday bölsa-da, Buyuk Britaniyada umumiy saylovlar keçi bilan 2029 yilning avgustiga qadar bölib ötişi kerak, şu sababli leyboristlar öşa vaqtgaça saylovçilarning xayrixohligini qayta qozonişga umid qilmoqda.
Starmer Leyboristlar partiyasi uçun muvaffaqiyatsiz yakunlangan 7 maydagi mahalliy saylovlardan söng lavozimini tark etmoqda. Uşbu saylovlar natijasida ham hukmron leyboristlar, ham konservatorlar jiddiy yöqotişlarga uçrab, ovozlarning katta qismini “Reform UK” partiyasiga va nisbatan kamroq qismini Yaşillar partiyasiga boy bergan.
Starmerning istefosi Buyuk Britaniyada sönggi ön yildan sal köproq vaqt içida yettinçi hukumat rahbari iş boşlaşini anglatadi.