USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

1 iyuldan boşlab ayollarning pensiya yoşi oşirilyapti. Ozarbayjonda!

191 марта
1 июлдан бошлаб аёлларнинг пенсия ёши ошириляпти. Озарбайжонда!

Joriy yilning 1 iyulidan boşlab Ozarbayjonda ayollar uçun pensiya yoşi yana oşirilmoqda. Bu haqda mamlakat mediasi yozmoqda. 

Ayollar uçun pensiya yoşi olti oyga oşirilib, 65 yoşga yetkaziladi. Şunday qilib, erkaklar va ayollar uçun pensiya yoşi tenglaştiriladi.

“Mehnat pensiyalari töğrisida”gi qonunga köra, ayollarning pensiya yoşi 2017 yil 1 iyuldan 2027 yil 1 iyulga qadar har yili olti oyga bosqiçma-bosqiç oşirib boriladi. Erkaklar uçun xuddi şunday jarayon 2021 yil 1 iyulda yakunlandi, öşanda pensiya yoşi 65 yoş etib belgilandi.

Yoşga doir mehnat pensiyasini oliş huquqiga pensiya yoşiga yetgan va şaxsiy suğurta hisobvarağida eng kam pensiyani tayinlaş uçun yetarli bölgan pensiya kapitalini töplagan fuqarolar egadirlar. Pensiya kapitali yetarli bölmaganda kamida 25 yillik suğurta stajiga ega böliş talab etiladi.

Mehnat pensiyasi oliş huquqini olmagan fuqarolar yoşga doir ijtimoiy nafaqa oliş huquqiga ega böladi. 2023 yil 1 yanvardan boşlab uning miqdori 220 manatni (taqriban 129 AQŞ dollari) taşkil etadi.

Hozirda mehnat pensiyasining eng kam miqdori 320 manatni (taqriban 188 AQŞ dollari) taşkil etadi. Yoşga doir pensiya umrbod tayinlanadi.

Malumot uçun, ayollar uçun pensiya yoşining avvalgi oşirilişi 2025 yil 1 iyuldan kuçga kirgan – öşanda u 64 yoş-u 6 oygaça oşirilgan edi.

Özbekistonda "Fuqarolarning davlat pensiya taminoti töğrisida"gi qonunga muvofiq, ayollar uçun umumiy pensiya yoşi 55 yoş etib belgilangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: