USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Aholi vahimada: Kongoda 14 kişi nomalum kasallik qurboni böldi 

55 марта
Аҳоли ваҳимада: Конгода 14 киши номаълум касаллик қурбони бўлди 

Kongo Demokratik Respublikasi ğarbidagi Kvilu provintsiyasining bir neçta qişloqlarida nomalum kasallik ikki hafta içida 14 kişining hayotiga zomin böldi. Bu haqda “Africa-info” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Kongo ğarbida nomalum kasallik avj olişi ortidan xavotir kuçaymoqda. Bir neçta qişloq aholisi ölim holatlari haqida xabar bermoqda, oilalar esa kasallik yanada tarqalişidan qörqib, öz uylarini taşlab ketyapti.

Naşrning yozişiça, kasallik tarqalişi haqidagi malumotlarni hudud deputati Jak Ilunga va mahalliy şifokorlar keltirgan. Ularning malumotlariga köra, sönggi ikki hafta içida kamida 14 kişi uşbu kasallik qurboniga aylangan. Vaziyat aholi örtasida ommaviy vahimaga sabab bölgan. Bazi oilalar jabrlangan aholi punktlarini tark etib, qöşni hududlarga köçib ötişni boşlagan.

Şu bilan birga, provintsiyaning sobiq soğliqni saqlaş vaziri Bena Mutuyya halok bölganlar soni bundan ham köp bölişi mumkinligini aytgan.

“Qurbonlar soni 20 kişiga yetişi mumkin”, deydi u.

Jak Ilunga davlat organlariga murojaat qilib, jabrlangan qişloqlarga zudlik bilan sanitariya brigadalarini yuborişni söragan. Uning sözlariga köra, mutaxassislar kasallik sababini aniqlaş uçun biomateriallar namunalarini olişi va laboratoriya tadqiqotlarini ötkazişi zarur.

Hozirça Kongo Demokratik Respublikasi rasmiylari kasallik qözğatuvçisining tabiati va yuzaga kelişi mumkin bölgan xavf kölami haqida rasmiy bayonot bergani yöq.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasining şarqida davom etayotgan Ebola epidemiyasida tasdiqlangan kasallaniş holatlari soni 1 003 nafarga yetgani va ulardan 254 nafari vafot etgani haqida xabar qilingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: