AQŞ Senati Eron bilan uruşni töxtatişga zörğa rozi böldi
Keça, 23 iyun kuni AQŞ Senati Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan va Eron bilan harbiy harakatlarni töxtatişni nazarda tutuvçi rezolyutsiyani maqulladi. Bu haqda 23 iyun kuni “Reuters” agentligi xabar berdi.
Rezolyutsiya 50 senatorning qöllab-quvvatlaşi va 48 senatorning qarşi ovozi bilan qabul qilindi. Naşrning yozişiça, ovoz beriş respublikaçilar orasida ham xavotir kuçayib borayotganini körsatgan.
Hujjatga köra, AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eronga qarşi harbiy operatsiyalar olib borilayotgan hududlardan Amerika qöşinlarini olib çiqişi kerak. Biroq naşrning yozişiça, rezolyutsiya asosan ramziy xarakterga ega. Tramp unga veto qöya olmasa-da, hujjat majburiy yuridik kuçga ega emas.
Ovoz berişni taşabbus qilgan demokrat senatorlar fikriça, AQŞ Kongressi harbiy harakatlar uning roziligisiz qayta boşlanmasligi kerakligi haqida aniq signal berişi lozim.
CNN malumotiga köra, Tramp mamuriyati uşbu ovoz berişni muhim voqea sifatida baholamagan va rezolyutsiya qabul qilinişini ayrim respublikaçi senatorlarning majlisda qatnaşmagani bilan izohlagan.
Oq uy, şuningdek, “Amerika qöşinlarini olib çiqiş kerak bölgan jangovar harakatlar hududi mavjud emas, çunki harbiy harakatlar 17 apreldagi öt oçişni töxtatiş kelişuvi bilan yakunlangan”, deya bayonot bergan.
AQŞ va Eron örtasida sulh rejimi amal qilayotganiga qaramay, tomonlar keyinçalik ham özaro zarbalar almaşişda davom etgan. Joriy yilning iyun oyi örtalarida Vaşington va Tehron ikki oy muddatga möljallangan özaro anglaşuv memorandumini imzoladi. Hujjat barça frontlarda, jumladan Livanda ham harbiy harakatlarni töxtatiş, Tehronga nisbatan sanktsiyalarni yumşatiş hamda Eronni tiklaş jamğarmasini taşkil etişni nazarda tutadi. Vaşington va Tehron örtasidagi tinçlik kelişuvi böyiça muzokaralar davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Eron bilan ötkazilgan dastlabki muzokaralardan söng mamlakatga nisbatan qöllangan ayrim sanktsiyalarni 60 kun muddatga vaqtinça bekor qilgandi.