USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

BMT Ukrainada tinçlikni qöllab-quvvatlovçi rezolyutsiyani qabul qildi. Özbekiston qanday ovoz berdi?

95 марта

BMT Ukrainada tinçlikni qöllab-quvvatlovçi rezolyutsiyani qabul qildi. Özbekiston qanday ovoz berdi?

BMT Boş Assambleyasi keça, 24 fevral kuni AQŞning Nyu-York şahrida bölib ötgan yiğilişda Ukrainada tinçlikni qöllab-quvvatlaş haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda taşkilot rasmiy saytida malum qilindi.

“Ukrainada barqaror tinçlikni qöllab-quvvatlaş” deb nomlangan rezolyutsiya uçun 107 davlat ovoz bergan, 12 davlat qarşi çiqqan, 51 mamlakat betaraf qolgan.

Qarşi ovoz bergan 12 davlat – Rossiya, Belarus, Burkina-Faso, Burundi, Kuba, Şimoliy Koreya, Eritreya, Eron, Mali, Niger, Nikaragua va Sudan bölgan.


Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston 51 ta betaraf davlat qatoridan joy olgan. Turkmaniston esa ovoz berişda umuman iştirok etmagan. 

Rezolyutsiya matnida Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligi qöllab-quvvatlanişi bildirilgan. AQŞ loyiha matnidan aynan suverenitet va hududiy yaxlitlik, şuningdek BMT Nizomiga oid ikki bandni olib taşlaşni taklif qilgan edi. Biroq davlatlar AQŞ taklifi böyiça ovoz berişni rad etgan va rezolyutsiya dastlabki körinişda qabul qilingan. 


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: