USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiyada katta tozalaş: 209 kişi terrorizmga qarşi reydlarda uşlandi

85 марта
Туркияда катта тозалаш: 209 киши терроризмга қарши рейдларда ушланди
Turkiya huquq-tartibot idoralari, keça, 23 iyun kuni ötkazilgan terrorizmga qarşi operatsiyalar davomida 209 kişini hibsga oldi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.

Reyddan bir kun avval Turkiya hukumati kelasi oy şaharda bölib ötadigan NATO sammiti oldidan barça ommaviy yiğilişlarga çeklovlar joriy etgan edi. Anqara boş prokuraturasining malum qilişiça, bir neçta qurolli guruhlar faoliyatiga oid tergovlar doirasida 241 nafar gumonlanuvçini qölga oliş böyiça order berilgan. Hozirga qadar 209 kişi uşlangan, qolganlarni qidiriş işlari davom etmoqda.

Prokuratura operatsiyalar terrorçi taşkilotlar faoliyatini foş etiş maqsadida ötkazilganini bildirgan. Bayonotda NATO sammiti bilan boğliqlik haqida malumot berilmagan.

Prokurorning gumondorlarni hibsga oliş töğrisidagi qaroridan söng, politsiya guruhlari Istanbul, Anqara, Hatay, Izmir, Erzinjan, Tekirdağ, Antaliya va Kojaeli şaharlari – jami 46 ta manzilda bir vaqtning özida operatsiyalar ötkazgan. Operatsiya davomida 24 gumondor qölga olingan, manzillarni tintuv qiliş çoğida köplab taşkiliy hujjatlar va raqamli materiallar musodara qilingan.

“Reuters”ning qayd etişiça, hibsga olinganlar orasida jurnalist va LGBT huquqlarining faoli Yildiz Tar, muxolif partiya siyosatçilari hamda bir neçta advokatlar borligi aytilmoqda. Progressiv huquqşunoslar assotsiatsiyasi özining uç nafar azosi qölga olinganini malum qilgan.

Rasmiylar alohida gumonlanuvçilarga qöyilgan ayblovlar tafsilotlarini oşkor qilmagan. Huquqni muhofaza qiluvçi organlarga köra, hibsga olinganlarning advokatlar bilan uçraşiş imkoniyati 24 soatga çeklangan.

Muxolifat va fuqarolik jamiyati vakillari esa reydlarni Turkiyada demokratiya va fuqarolik erkinliklariga bosimning davom etişi sifatida baholagan. Kurdparast DEM partiyasi NATO sammitining tayyorgarligi demokratik faoliyat va asosiy erkinliklarni çeklaş uçun bahona sifatida işlatilayotganini bildirib, barça hibsga olinganlarni zudlik bilan ozod qilişga çaqirgan.

Anqara gubernatorligi 28 iyundan 10 iyulgaça namoyişlar, matbuot anjumanlari va boşqa ommaviy tadbirlarni taqiqlagandi. Rasmiylar bu qarorni 7–8 iyul kunlari ötkaziladigan NATO sammiti xavfsizligini taminlaş zarurati bilan izohlagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyada yangi avtomobil olgan 4 millionga yaqin fuqaro tekşirilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: