Qozoğiston Yevropa bilan hamkorlikni kuçaytirişga kelişdi
Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev va Yevropa Ittifoqi yetakçilari Bryusselda ötkazilgan muzokaralar yakunida qöşma bayonot qabul qildi. Unda Qozoğiston va Yevropa Ittifoqi örtasida strategik hamkorlikning yangi bosqiçi boşlangani aytilgan.
Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Bryusselda Yevropa Kengaşi rahbari Antoniu Koşta va Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen bilan muzokaralar ötkazdi. Tomonlar Qozoğiston va Yevropa Ittifoqi örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.
Töqayevning aytişiça, Qozoğiston va YeI örtasidagi munosabatlar hamkorlik tarixidagi eng yuqori darajaga çiqqan. Uning sözlariga köra, tomonlar özaro işonç va hurmatga asoslangan strategik aloqalarni yanada kengaytirişni maqsad qilgan.
Bryusseldagi uçraşuvda imzolangan kelişuv va memorandumlar tomonlarning hamkorlikni mustahkamlaşga intilişini tasdiqlaydi. Töqayev muzokaralar natijalari ikki tomonlama aloqalarda yangi sahifa oçişini takidlagan.
U Qozoğiston Markaziy Osiyo davlatlari içida Yevropa Ittifoqi bilan kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitimni imzolagan va ratifikatsiya qilgan birinçi davlat ekanini eslatgan. Uning sözlariga köra, tomonlar örtasida yuqori darajadagi muntazam siyosiy muloqot yölga qöyilgan.
Muzokaralar yakunida Qosim-Jomart Töqayev, Antoniu Koşta va Ursula fon der Lyayen qöşma bayonot qabul qilib, hamkorlikni çuqurlaştirişga tayyor ekanini bildirgan. Ursula fon der Lyayenning aytişiça, uşbu kelişuv imzolanganidan beri ötgan 10 yil içida Qozoğiston va YeI örtasidagi savdo hajmi ikki barobardan köproq oşgan.
Tomonlar investitsiya muhitini yaxşilaş, şuningdek energetika, transport, raqamlaştiriş va yangi texnologiyalar kabi strategik sohalarda hamkorlikni kuçaytirişga kelişib olgan. Ular Transkaspiy xalqaro transport yölagi ahamiyatini alohida takidlab, global “Global Gateway” taşabbusi doirasida hamkorlikni kengaytirişni qöllab-quvvatlagan.
Şuningdek, tomonlar aviatsiya böyiça kelişuv va viza tartiblarini yengillaştiriş böyiça muzokaralarning yakunlanişini ijobiy baholagan. Bu hujjatlar Qozoğiston va YeI fuqarolari örtasidagi aloqalarni yanada kuçaytirişi kutilmoqda.