USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞda terroristik guruh yetakçisi 100 yilga qamaldi

56 марта
АҚШда террористик гуруҳ етакчиси 100 йилга қамалди

AQŞning Texas ştatidagi federal immigratsiya markazida sodir etilgan qurolli hujum işi böyiça 8 kişi 30 yildan 100 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Reuters” xabar qildi.

Qayd etilişiça, prokuratura uşbu hodisani içki terrorizm harakati deb baholagan. Tergov malumotlariga köra, 2025 yil 4 iyul kuni qora taktik kiyimdagi “antifa” faollari Texasning Alvarado şahridagi AQŞ Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE)ning Prairieland saqlaş markaziga hujum qilgan. Öq uziş oqibatida bir nafar politsiyaçi yaralangan.

Sud hujjatlariga köra, suiqasdga urinişda aybdor deb topilgan va hujum taşkilotçisi sifatida körsatilgan Benjamin Song eng oğir jazo – 100 yil qamoq jazosiga hukm qilingan.

Fort-Uortdagi federal sudda yana 7 nafar sudlanuvçiga 30 yildan 70 yilgaça qamoq jazolari tayinlangan. Ularning aksariyati mart oyida tartibsizliklarni uyuştirayotganlik va terrorizmni qöllab-quvvatlaş kabi ayblovlar böyiça aybdor deb topilgan edi.

Himoya tomoni vakillari esa sudlanuvçilar immigratsiya markazida saqlanayotganlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida tinç namoyiş ötkazişni rejalaştirganini, guruhning “antifa” harakati bilan aloqasi yöqligini takidlagan.

Benjamin Songning advokati Filip Xeys mijozining hukm ustidan şikoyat qiliş niyatida ekanini bildirgan. Uning sözlariga köra, sudlanganlar “terrorçilar emas, balki öz fikrini eşittirişni istagan yoşlar”dir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreyada sud sobiq prezident Yun Sok Yolni 2024 yil oxirida kiritilgan harbiy holat bilan boğliq qözğolon uyuştirişda aybdor deb topgan va unga umrbod qamoq jazosi tayinlangan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: