Rossiyada umrbod qamoq jazosi tayinlaş böyiça rekord qayd etildi
6-01-2026, 14:46
153 марта

Rossiyada umrbod qamoq jazosi tayinlaş böyiça rekord qayd etildi
2025 yilda Rossiya sudlari sönggi ön yilliklarda kuzatilmagan darajada köp – rekord miqdorda umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazolari çiqardi. Ötgan yilning yanvaridan noyabrigaça bölgan davrda 100 nafar şaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Bu haqda TASS xabar berdi.Huquq himoyaçilarining tuşuntirişiça, bunday hukmlar sonining ortişi umrbod qamoq jazosi qöllanilişi mumkin bölgan jinoyatlar röyxatining kengaytirilgani bilan boğliq.
Bu kamida sönggi 20 yil içidagi eng yuqori körsatkiç hisoblanadi. Bungaça umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlar soni eng köp bölgan yillar 2005 va 2012 yillar bölib, öşanda har ikki yilda 84 nafardan şaxs sudlangan. Umuman olganda, 2005 yildan buyon Rossiyada bunday jazo 1 ming 316 nafar şaxsga nisbatan qöllanilgan.