Qariyalar ham işlaydi: Germaniya pensiya yoşini keskin oşirmoqçi
Germaniyada pensiya yoşini bosqiçma-bosqiç deyarli 70 yoşgaça oşiriş taklif qilinmoqda. Bu taşabbusni kantsler Fridrix Merts qöllab-quvvatladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Germaniya kantsleri Fridrix Merts pensiya tizimini isloh qiliş böyiça ekspertlar komissiyasining takliflarini maqullagan. Uşbu takliflar 2090-yillarning boşlariga borib pensiya yoşini bosqiçma-bosqiç taxminan 70 yoşgaça oşirişni közda tutadi.
Naşrning yozişiça, bunday çoralar aholining qarişi fonida pensiya tizimining barqarorligini saqlab qoliş usuli sifatida körib çiqilmoqda. Mamlakatda pensiya yoşini bir neça ön yilliklar davomida bosqiçma-bosqiç oşiriş rejalaştirilgan.
“Bundan taşqari, ekspertlar amaldagi muddatidan oldin pensiyaga çiqiş mexanizmlaridan voz keçişni taklif qilmoqda. Mertsning fikriça, bu kelajakda pensiya tizimidagi inqirozning oldini olişga va yoş avlod zimmasidagi moliyaviy yuklamani kamaytirişga yordam beradi”, deyiladi xabarda.
Kantsler, şuningdek, uşbu islohot kelajak avlodlar uçun pensiya tölovlarini saqlab qoliş imkonini berişiga işonç bildirgan.
“Komissiyaning boşqa tavsiyalari qatorida majburiy pensiya badallarining bir qismini fond bozoriga investitsiya qiliş, şuningdek, majburiy ajratmalarni davlat xizmatçilari va özini özi band qilgan fuqarolarga ham tatbiq etiş bor”, deyiladi xabarda.
Hozirgi vaqtda Germaniyada bölajak pensionerlarning aksariyati uçun pensiya yoşi 67 yoşni taşkil etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq joriy yilning 1 iyulidan boşlab Ozarbayjonda ayollar uçun pensiya yoşi olti oyga oşirilib, 65 yoşga yetkazilişi haqida xabar berilgan edi.