Farovonlik haqidagi tasavvurimiz endi uzoqqa bormaydi – Merts
29-04-2026, 23:22
148 марта

Farovonlik haqidagi tasavvurimiz endi uzoqqa bormaydi – Merts
Germaniya kantsleri Fridrix Merts nemislar sönggi 20 yilda farovonlik muhitiga juda örganib qolganini, biroq avvalgidek yaxşi yaşaş davri tugaganini aytdi. Bu haqda u “Spiegel” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.“Aholining katta qismi, hatto siyosiy doiralar ham hozir dunyoda nima bölayotganini töliq anglamayapti. Iltimos, buni tanqid deb qabul qilmang, lekin biz farovonlik muhitida juda qulay yaşab qoldik. Men sönggi 20 yilda buni nemislarga oçiq gapiryotgan ilk kantslerman – farovonlik haqidagi tasavvurimiz endi uzoqqa bormaydi. Biz oldin qilganimizdan köra köproq iş qilişimiz va özgarişlar kiritişimiz kerak”, deydi Merts.Kantsler vaziyatni juda murakkab deb baholab, avvalgidek yaşaş endi imkonsizligini takidlagan. U ayniqsa, nemislar juda köp hollarda kasallik varaqasi olişini qayd etgan.
“Nahotki biz haqiqatan ham şunçalik kasal millat bölsak? Yevropada işdan qoliş böyiça eng yuqori körsatkiçlardan biriga egamiz. Biz buning sabablarini aniqlab, bu raqamlarni kamaytiriş uçun rağbatlar yaratişimiz kerak”, deydi u.Şuningdek kantsler pensiya tizimi, soğliqni saqlaş va soliq tizimini isloh qiliş zarurligini takidlagan. Bundan taşqari, Merts pensiya yoşini biologik yoşga emas, balki iş stajiga boğlaş mumkinligini ham aytib ötgan.