“Eron ikki hafta içida yadroviy qurolga ega bölardi” — Tramp
2-03-2026, 07:05
258 марта

“Eron ikki hafta içida yadroviy qurolga ega bölardi” — Tramp
AQŞ va Isroil zarbalaridan söng Eronning yangi rahbariyati Vaşingtonga muzokaralarni qayta boşlaş taklifini bildirgan. Bu haqda Donald Trampning malum qildi.“Ular gaplaşib olmoqçi, men esa bunga rozilik berdim. Şuning uçun ular bilan muloqot qilaman. Buni oldinroq qilişlari kerak edi. Juda amaliy va oson amalga oşiriladigan taklifni ilgari surişlari lozim edi. Ular juda uzoq kutdi”, dedi Oq uy rahbari 1 mart, yakşanba kuni The Atlantic naşriga bergan intervyusida.AQŞ prezidenti muzokaralar qaçon ötkazilişi mumkinligi haqidagi savolga javob berişdan boş tortdi. Uning aniqlik kiritişiça, sönggi haftalarda Vaşington aloqada bölgan ayrim eronlik muzokaraçilar zarbalar oqibatida halok bölgan.
“Ular kelişuvga erişişi mumkin edi. Buni oldinroq qilişlari kerak edi. Ular haddan taşqari ayyorlik qildi”, dedi Tramp.AQŞ operatsiyasi “rejadan ilgarilab bormoqda”
CNBC telekanaliga bergan intervyusida Tramp AQŞning Erondagi operatsiyasi “juda yaxşi ketayotganini” takidladi.
“Bu — juda şafqatsiz rejim, tarixdagi eng şafqatsiz tuzumlardan biri. Biz işimizni nafaqat özimiz, balki butun dunyo uçun bajaryapmiz. Jarayon reja böyiça emas, balki undan ham tez ketmoqda”, dedi u.Şuningdek, voqealar “juda ijobiy yönalişda rivojlanayotganini” qöşimça qildi.