USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Son Xyon Min “Tottenxem”dan ketişini elon qildi

187 марта

Son Xyon Min “Tottenxem”dan ketişini elon qildi

Janubiy koreyalik hujumçi Son Xyon Min Angliyaning “Tottenxem” klubi safini tark etişini elon qildi. Bu haqda u bugun, 2 avgust kuni ertangi “Nyukasl”ga qarşi örtoqlik uçraşuvi oldidan Seulda ötkazilgan matbuot anjumanida söz oçdi.

“Matbuot anjumanini boşlaşdan avval yozda klubni tark etiş qarorini qabul qilganimni bildirmoqçiman. Klub bu qarorni qabul qilişimda menga hurmat bilan yordam bermoqda. Bu mening faoliyatimdagi eng oğir qaror böldi. Juda köplab ajoyib xotiralar bor. Bunday qaror qabul qiliş juda qiyin böldi. Özimni rivojlantirişni davom ettiriş uçun yangi muhit zarur. Biroz özgarişlarga ehtiyoj bor. 10 yil – bu juda katta muddat. Men Şimoliy Londonga yoşligimda – 23 yoşimda kelgan edim. Endi esa bu klubni yetuklikka erişgan, faxrli erkak sifatida tark etyapman. “Tottenxem” muxlislariga bergan muhabbati uçun minnatdorlik bildiraman. Umid qilamanki, bu xayrlaşuv öz vaqtida röy bermoqda va hozir aynan şunday qaror uçun töğri payt. Hammaning buni tuşunib, hurmat bilan qabul qilişiga umid qilaman”, deydi Son.

Şuningdek, u bu haqda jamoadoşlariga gapiriş oğir bölganini, çunki ular bilan bazida oila azolaridan ham köproq vaqt ötkazişini aytgan.

“Men bu qarorni ança oldin qabul qilganman. Sönggi kunlar oson keçmadi. Taşqaridan könglimni kötarib yuriş oson bölmadi, lekin klub yoki jamoadoşlarimga zarar yetkazmaslik uçun qölimdan kelganini qildim. Garçi qaror allaqaçon qabul qilingan bölsa-da, qolgan ikki kun davomida muxlislar bilan yaxşi xotiralarni yaratmoqçiman”, dedi Son. 

Malumot uçun, Son 2015 yildan beri “Tottenxem”da töp surib kelayotgandi va bu davr mobaynida klub bilan faqat bir marta – joriy yilda Yevropa Ligasini yutdi. Ötgan mavsumda Son Angliya Premer-ligasida 30 ta öyinda maydonga tuşdi va “Tottenxem” safida gol+pas körsatkiçi böyiça eng yaxşi futbolçiga aylandi – u jami 16 oçko töpladi (7 ta gol va 9 ta golli uzatma).

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: