Erkinlik endi tabiiy hol emas – Merts
13-02-2026, 22:52
75 марта

Erkinlik endi tabiiy hol emas – Merts
Jahon tartibi “buzilmoqda”, Yevropa va AQŞ örtasidagi aloqalar ortiq işonçli emas. Bu haqda bugun, 13 fevral kuni Germaniya kantsleri Fridrix Merts Myunxen Xavfsizlik konferentsiyasi doirasidagi nutqida söz oçdi.
Uning aytişiça, köp yillar davomida özgarmay kelgan qoidalarga asoslangan tartib endi mavjud emas, davlatlar xavfsizlik va himoya strategiyasini qayta körib çiqişi kerak.
“Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin yuzaga kelgan “yagona qudrat” davri tugadi va yangi kuçlar siyosati eng kuçli davlatlarni ham xavf ostiga qöymoqda. Bu jarayon köplab demokratik davlatlarda kuçli yetakçilikka bölgan talab bilan boğliq”, degan rasmiy.Kantsler, şuningdek, transatlantik aloqalardagi beqarorlikni ham tanqid qilgan. U AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vensning Myunxenda sözlagan nutqiga işora qilib, “Evropa va AQŞ orasida böliniş yuzaga kelgan”ini aytgan, ammo Vens tarifidagi radikal qaraşlarni qabul qilmasligini, mintaqa qadriyatlarini himoya qilişini, erkinlik, inson qadr-qimmati va xalqaro hamkorlikni ustuvor deb bilişini urğulagan.
Merts nutqida Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga qarşi YeI va GFRning yordamini davom ettiriş muhimligini, Rossiya işonçli muzokara uçun hali tayyor emasligini, uruş faqat Kreml iqtisodiy va harbiy jihatdan çarçagaç tugaşini qayd etgan.
Kantslerning ogohlantirişiça, “katta qudratlar davrida erkinlik endi tabiiy hol emas, u xavf ostida”, şuning uçun Yevropa qatiyat va iroda bilan bu erkinlikni himoya qilişi kerak.